Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol. (Ajratilgan boʻlaklar alohida koʻrsatilgan)  1. Lablari tabassum bilan ochilib, uning ichki sirini, bu she‟rni yaxshi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   310
5-misol. (Ajratilgan boʻlaklar alohida koʻrsatilgan) 
1. Lablari tabassum bilan ochilib, uning ichki sirini, bu she‟rni yaxshi 
bilishini va yoqtirishini sezdirib qo‗ydi. 2. To shahar hokimi – qutvol bundan xabar 


249 
topib, ikki yuz navkari bilan yetib kelguncha va qirg‗inni to‗xtatguncha ikki 
tomondan o‗n yetti kishi halok bo‗ladi, yetmish-sakson odam yaralanadi. 3. 
Harakatlanib borayotgan ko‗shk ichida yolg‗iz o‗tirgan Humoyunning peshonasi 
ustida – sallasining old tomonida Ko‗hinur olmosi yaraqlab ko‗zni qamashtirgudek 
bo‗ladi. 4. Humoyun bu gavharni yilda bir marta – Navro„z paytida peshonasiga
qadab el-ulusga ko‗rinish beradi.
P.Qodirov, «Avlodlar dovoni» 
6-misol. (Ajratilgan boʻlaklar alohida koʻrsatilgan) 
1. Hozir Humoyunning fili yonida birgina inisi – oq otliq Hindol mirzo 
bormoqda. 2. Said Xalil mehrobda turgan charm muqovali ulkan kitob – Qur‟onga 
ko‗z tashlab, go‗yo undan madad olgan bo‗ldi-yu ovoziga sehrli tus berdi. 3. Said 
Xalil esa yana orqa qatorda, ahli saodat uchun ajratilgan ikkinchi darajali 
«Osoyish» kemasida o‗ltirishga majbur. 4. Chand bibi qilich taqqan beshafqat ayol 
haram bekasining ixtiyorida qoldi. 5. Jamna bo‗yiga yuvinishga borsa, boshqa 
afsonaviy daryo – Sarasvati yodiga tushadi. 6. Humoyunning chodiri turgan 
balandlikdan Gangaga kelib qo‗shiladigan yana bir daryo – Karamnasa ham 
ko‗rinadi. 
P.Qodirov, «Avlodlar dovoni» 
7-misol. (Ajratilgan boʻlaklar alohida koʻrsatilgan) 
1. Ahmad Tanbal bugun Axsida, shoh saroyida. 2. Men faqat o‗zim chizgan 
suratga, o„z ijodimga mehr qo‗yganmen, xolos! Boshim omon bo‗lsa, bunday suratni 
yana chizgaymen! 3. Mirzoning birinchi xotini Fotima Sulton, ikkinchi xotini Qutlug‗ 
Nigor, xonim o‗n sakkiz yoshlik qizi Xonzoda begim va o‗n yashar o‗g‗li Jahongir 
mirzo – hammalari o‗sha tanobiy uyga yig‗ilgan edilar. 4. Xonimning xayoli shu 
xatarli vaziyatda ota-onadan uzoqda, Andijonda turgan yolg‗iz o‗g‗li Boburda edi. 
Hazrat uni nega farzandlari qatori tilga olmadi? 5. Orqadagi mulozimlardan ikkitasi
– rikobdor bilan jilovdor tez otdan tushdilar.
P.Qodirov 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling