Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   310
 
2-misol. Undalmalar ajratib koʻrsatilgan. 
1. – Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o‗sha cho‗qqida quchganman 
zafar. 2. Insondan o‗zgani demasman, do„stim. 3. Bizlarni bir yo‗qlab kelibsan, vafo 
qilurmisan, bahorim?! (A.Oripov) 4. Amirzodam, har bir daqiqa g‗animat. Xos 
navkarlaringiz otlangan. Hammasi farmoyishingizga muntazir. 5. Hazratim
taxtingiz pastki oshiyonda. 6. «Siz menga farzanddek yaqin bo‗lmoqchimisiz, 
Mirzo?» – so‗radi Shayboniyxon muloyim tovush bilan. (P. Qodirov) 
UNDALMALAR USLUBIYATI 
Ma‘lumki, undalmalar so‗zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni 
bildiradi. Ular so‗zlovchining tinglovchiga bo‗lgan xolis, ijobiy, salbiy, tantanavor, 
rasmiy kabi munosabatlarini ham ifodalaydi.
Masalan, rasmiy uslubda qo‗llangan undalmalarda rasmiylik bo‗yog‗i sezilib 
turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma‟lum qilamizki... 
Undalmalar so‗zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-
ekspressivlik bo‗yog‗iga ega bo‗ladi. Masalan: Odamlar, siz mening hayotim, Har 
biringiz umrim parchasi. (E. Vohidov) Bo„tam, orqaga qayt. Manavilarni uyga 
tashlab, keyin boramiz. (Said Ahmad) 
Bunday birliklardagi undash ma‘nosini yanada kuchaytirish uchun turli 
undovlar ham birga qo‗llanishi, undalmalar takror holda kelishi mumkin. Masalan: 
Ey Vatan, bag„ringda shod Erkin o„g„loning bo„lib Yurmoqni istaydir ko„ngil. (E. 
Vohidov) Hoy qizginam-ey, qizginam-ey. Nimalar qilib qo„yding, qizginam-ey. (O. 
Yoqubov) Sendan farzandingga bog„ qolsin, ey do„st, Bog„ing Vatan degan nom 
olsin, ey do„st. (E. Vohidov) 
Undalmalar gapning ichida yoki oxirida kelganda, emotsionallik bo‗yog‗i 
ortiqroq bo‗ladi. Masalan: Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, 
Vatan – onajon. (A. Oripov) Oq yo„l bo„lsin sizlarga, yosh do„stlarim. (E. Vohidov) 
Qutida, – dedi Zulayho. – Xuddi shunaqa zirak ham bor. Kumush bo„lsa kerak-a, 
dada? (O‗. Umarbekov) Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o„g„lim, qishloqchilik 
emasmi, bilgan undoq deydi, bilmagan mundoq deydi. (Said Ahmad) 
Undalma gap boshida kelganda murojaat, tinglovchining diqqatini jalb qilish 
vazifasini bajaradi. Gap oʻrtasi va oxirida kelganda esa emotsional-ekspressivlikni
turli subyektiv munosabatni ifodalaydi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling