Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Omonning uyi)
5-misol. Kiritmalar ajratib koʻrsatilgan. 1. Ukamni men o‗zim (uyda kattalardan hech kim yo„q edi) barvaqt uyg‗otdim. (A. Ahmedov) 2. Men yuvinish xonasi og‗zida qoldirilgan xaltani (og„irgina ekan) olib, Tavakkalga berdim. (Sh. Xolmirzayev) 3. Oilamizdagi kattalarning (mening ham) shu kunlarda ko‗nglidagi niyat o‗sha tantanani tezroq va hamma havas qilgudek to‗kinroq qilib o‗tkazish edi. (A. Islomov) 4. Etak tomondagi uyning (Omonning uyi) derazalari ochib qo‗yilgan, sarg‗ish darparda osilib turar, ammo ichkarida hech kim yo‗qligi aniq edi. (O„. Hoshimov) 5. Qozoqlar Beyisht qushi, Qrim tatarlari Ridvon (Rizvon) qushi deb ataydilar. (Said Ahmad) 6-misol. Kiritmalar ajratib koʻrsatilgan. 1. Toshoyna tokchasidagi soat shoshilinch chiqillaydi (Valijon Novgorod tomonlardan olib kelgan batareyali soat). 2. Yangi rais (avvalgi Rais buva qamalib ketdi, uch yil bo„ldi: paxtani qo„shib yozgan ekan) majlis qildi. 3. Chap qo‗llab rasm chizsa (chapaqay edi), odamning aqli shoshardi. 4. Iskandar (u endi Iskandar Vahobovich emas, Iskandar, oddiy Iskandar bo„lib qolgandi, negaki o„lim hammani baravar qilib qo„yadi) vazmin qadamlar bilan salqin dahlizga chiqdi. 5. Qarasam, o‗zimning bolalikdagi «o‗ris o‗rtog‗im» Valya kelyapti (Asli oti Valentin ekanini keyin bilganman). 7. Xuddi shu hovlida, xuddi shu so‗rida o‗tirib (Otinoyi katta oxurdan yem yegan qudalaridan uyalib, restoranga bormagan, ammo uyda chiroyli dasturxon tuzab qo„ygan edi) qiziga nasihat qildi. 253 Kirishlar va kiritmalar mohiyatan bir xil xususiyatga ega boʻlgani uchun koʻpincha bir umumiy nom ostida – kiritmalar deb oʻrganiladi. Shunga qaramay bu til birliklari bir-birdan ma‘lum farqlarga ham ega. Kirishlar so‗zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo‗lgan subyektiv bahosi, turli munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Kiritmalar esa so‗zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qo‗shimcha izohi, to‗ldiruvchi ma‘lumotini ifodalaydi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling