Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


  Sabab-natija munosabati


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   310

Sabab-natija munosabati: 
qoʻshma gap qismlaridan biri 
sababni [1], ikkinchisi esa 
buning 
natijasini 
 
[2] 
bildiradi; 
1) Inobat qizishib ketib, pisandaga oʻtganini 
endi payqadi va uyalib yerga qaradi. Inobat 
qizishib ketib, pisandaga oʻtganini endi payqadi, 
natijada uyalib yerga qaradi. 
Inobat qizishib ketib, pisandaga oʻtganini endi 
payqadi [1] – sabab, uyalib yerga qaradi [2] – 
natija; 
2) Roʻparadagi gʻorning bagʻridan qora tutun 
koʻtarildi va u yerdan yoʻtal tovushi eshitildi. – 
Roʻparadagi gʻorning bagʻridan qora tutun 
koʻtarildi, natijada u yerdan yoʻtal tovushi 
eshitildi. 
Roʻparadagi gʻorning bagʻridan qora tutun 
koʻtarildi [1] – sabab,  u yerdan yoʻtal tovushi 
eshitildi [2] – natija. 
ZIDLOV BOG„LOVCHILARI YORDAMIDA
BOG„LANGAN QO„SHMA GAPLAR 
Zidlov bog‗lovchilari bog‗langan qo‗shma gap qismlarini bog‗lash bilan birga 
ular o‗rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog‗lovchilari 
qo‗shma gapning ikkinchi qismi boshida qo‗llanadi va qo‗shma gap qismlari
vergul bilan ajratiladi. 
-u(-yu), -da yuklamalari bog‗langan qo‗shma gap qismlarini bog‗lash bilan 
birga ular o‗rtasida zidlash, ketmaketlik munosabati mavjudligini bildiradi. 
 
3-misol. 
1. Dilimizda orzu balandroq edi, lekin ko‗klam biroz noqulay keldi. (Oybek) 2. 
Kechasi yana qor yog‗gan, biroq havo unchalik sovuq emas edi. (Said Ahmad) 3. 
Yo‗lning ikki chetidagi g‗alla tovlanardi, ammo ular o‗tgan yillardagi kabi baland 
emas edi. (Oybek) 4. Mayli, siz yashirdingiz, ammo men yashirmayman. (Oybek) 5. 
Men o‗z fikrimni aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman-u, siz uni eshitishni 
xohlamayapsiz. (Olimjon Xoldor) 6. Bir oycha fizika, matematika fanlarini o‗qidi-
yu, xayoli boshqa yoqda bo‗lgani uchun kallasiga hech vaqo kirmadi. (O„. Hoshimov) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling