Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoʻshma gap turi Qismlarini bogʻlovchi vositalar Misollar 1 Bogʻlangan qoʻshma gaplar
- BOG„LANGAN QO„SHMA GAPLAR
- Bogʻlovchi vosita Misollar 1 Teng bogʻlovchilar
QO„SHMA GAPLAR TASNIFI
Qismlarining qanday bog‗lovchi vositalar yordamida bog‗lanishiga ko‗ra qo‗shma gaplar uch guruhga bo‗linadi: 1. Bog‗langan qo‗shma gaplar. 2. Ergashgan qo‗shma gaplar. 3. Bog‗lovchisiz qo‗shma gaplar. Qoʻshma gap turi Qismlarini bogʻlovchi vositalar Misollar 1 Bogʻlangan qoʻshma gaplar a) teng bogʻlovchilar: va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yo…yo, dam…dam, na…na; b) boʻlsa, esa soʻzlari; 1) Oʻqituvchi keldi va dars boshlandi. 2) Yaxshidan bogʻ qoladi, yomondan esa dogʻ qoladi. 258 d) yuklamalar: -u(-yu), -da. 3) Umrlar oʻtar-u, kitoblar yashar. 2 Ergashgan qoʻshma gaplar a) ergashtiruvchi bogʻlovchilar: chunki, negaki, toki, agar, agarda, mabodo. b) deb soʻzi; d) yuklamalar: -ki; e) nisbiy soʻzlar: kim – u, nima – shu, qayer – shu yer; f) koʻmakchili qurilmalar: shuning uchun, shu tufayli, shu sababli; g) shart mayli qoʻshimchasi: - sa. 1) Dangasa bahona izlaydi, chunki mehnat unga yoqmaydi. 2) Ukalarim oʻqisin deb, kitob sotib oldi. 3) Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. 4) Qayerda ahillik boʻlsa, oʻsha yerda yutuq bor. 5) Ilm martabasi martabalarning zoʻridir, shu sababli yoshlikdan ilm olish payida boʻl. 3 Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar Ohang 1) Sidiqjon toʻxtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi. 2) Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga joʻnaymiz. BOG„LANGAN QO„SHMA GAPLAR Qismlari teng bog‗lovchilar, bo„lsa, esa so‗zlari, -u (-yu), -da yuklamalari yordamida bog‗langan gaplar bog„langan qo„shma gaplar hisoblanadi. Ularning qolipi orqali ifodalanadi. teng bog„lovchilar Bogʻlangan qoʻshma gap qismlarini bogʻlovchi vositalar Bogʻlovchi vosita Misollar 1 Teng bogʻlovchilar: a) biriktiruv bogʻlovchilari: va, hamda; b) zidlov bogʻlovchilari: ammo, lekin, biroq; d) ayiruv bogʻlovchilari: yo, yoki, yo…yo, goh…goh, dam…dam, ba‘zan…ba‘zan; e) inkor bogʻlovchisi: na…na. a) Rais keldi va majlis boshlandi; b) Oy yoritadi, lekin isitmaydi; d) Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi; e) Na soʻzlarida ma‘no bor, na ishlarida hayo bor. 2 Boʻlsa, esa soʻzlari 1) Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, toʻgʻrilik boʻlsa uni 259 saodatga yoʻllaydi. 2) Jahl – dushman, aql esa doʻstdir. 3 Teng bogʻlovchi vazifasida kelayotgan yuklamalar: -u(-yu), -da 1) Soni koʻp-u, salmogʻi yoʻq. 2) Bir oycha fizika, matematika fanlarini oʻqidi-yu, ammo xayoli boshqa yoqda boʻlgani uchun kallasiga hech vaqo kirmadi. 3) Gulchehra ―piq‖ etib kuldi-da, choʻzilib tugunni oldi. 1-misol. 1. Shu onda chiroq o‗chdi va birdaniga o‗q uzildi. (Abdulla Qahhor) 2. Mana, sen ketding-u, bo‗ldim xayolkash. (Zulfiya) 3.Yo‗lovchining o‗zi ichkariga kirdi-yu, ikki ko‗zi tashqarida qoldi. (Omon Muxtor) 4. Goh kechalari shamol bo‗riday uvullab chiqardi, goh sharros yomg‗ir quyib qolardi. (E. Usmonov) 2. Vijdonli kishini ta‘qib etish mumkin, ammo sharmanda qilish mumkin emas. (F. Volter) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling