Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Agar  yaxshi  oʻqisangiz,  oʻqishga,  albatta, kirasiz.  2) Agar


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   310
Agar 
yaxshi 
oʻqisangiz, 
oʻqishga, 
albatta, kirasiz. 
2) Agar siz biznikiga 
kelsangiz, 
men 
sizlarnikiga boraman. 
Shart ergash gaplar yoki hol ergash 
gaplar 

Qiyoslash-
chogʻishtiruv 
yuklama-
bogʻlovchilari: 
goʻyo, goʻyoki, 
xuddi, naq 
Bosh gapda ifodalangan mazmunni 
ergash gapda ifodalangan mazmunga 
qiyoslaydi, oʻxshatadi. 
1) Purviqor togʻlar 
qoʻrqinchli koʻrinadi, 
goʻyo ustingdan bosib 
tushadigandek tuyuladi. 
2) U lom-lim demadi, 
goʻyo birdan tildan 
qolgandek edi. 
Holat ergash gaplar yoki hol ergash 
gaplar 
 
KO„MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA 
ERGASHGAN QO„SHMA GAPLAR 
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh 
gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko‗makchili qurilmalar 
vositasida bog‗lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi. 
Bunday ergash gaplar sabab ergash gaplar yoki hol ergash gaplar deyiladi. 
3-misol. 
1. Uning bunday odati yo‗q edi, shuning uchun yigit hayron bo‗lib, biroz qarab 
turibdi. (Abdulla Qahhor) 2. Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo‗l hosil 
oldik. (Olimjon Xoldor) 3. Ammo shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo‗q edi, shu 
bois tag‗in jiddiy ishga kirishib ketdilar. (O.Yusupov) 4. Saodat ko‗pdan beri ashula 
aytmagan edi, shuning uchun ham u jaranglagan ovozlarga qo‗shilib ashula aytgisi
keldi. (Ibrohim Rahim) 5. O‗zimiz juda cho‗llab kelgan edik, shuning uchun
kechirdik. (Abdulla Qodiriy) 6. Do‗stlikdan o‗tadigan hech narsa yo‗q, shuning 
uchun do‗st orttirish imkoniyatini sira qo‗ldan boy berma. («Hikmatnoma»dan) 7. 
Bilim har qanday muammo va qiyinchiliklarni yengib o‗tishga zamin yaratadi, 
shuning uchun farzandlarimiz yuksak bilimga ega bo‗lishlari kerak. («Vatan 
ravnaqi» risolasidan) 
Shuning uchun, shu sababli, shu tufayli koʻmakchi qurilmalar tarkibidagi 
koʻrsatish olmoshini chiqarib tashlab, ergashgan qoʻshma gaplarni sodda gapga 
aylantirish mumkin. Masalan: Maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda, 
shuning uchun klub a‟zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo„lga 
kiritmoqdalar. // Maktabimizda sport klubi faoliyat olib borayotganligi uchun klub 
a‟zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo„lga kiritmoqdalar. 


269 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling