a) Men oʻqishga kirdim, chunki
qattiq tayyorlangan edim.
b) Bu masalani sinfda keng
muhokama qilamiz, toki boshqa
qaytarilmasin.
d) Uy jimjit, goʻyo butun olam
uyquga ketgan.
e) Agar siz biznikiga kelsangiz,
men sizlarnikiga boraman.
2
Koʻmakchili
qurilmalar:
shuning uchun, shu sababli,
shu tufayli, shu sababdan
Yozi bilan tinimsiz mehnat
qildik, shu sababli moʻl hosil
oldik.
3
Yuklamalar: -ki
Shuni alohida ta‘kidlash joizki,
mehnat qilgan rohatini ham
koʻradi.
4
Nisbiy soʻzlar: kim – oʻsha,
nima – shu, qayer – shu yer,
qancha – shuncha
Kim koʻp mehnat qilsa, oʻsha
talaba boʻladi.
5
Deb soʻzi
Ukalarim oʻqisin deb, kitob sotib
oldim.
6
Shart mayli qoʻshimchasi: -
sa
Kasalini
yashirsang,
isitmasi
oshkor qiladi.
Ergash gapni bosh gapga bogʻlovchi vositalarning ayrimlari bosh gap tarkibida,
ayrimlari ergash gap tarkibida keladi.
Ergash gapni bosh gapga bogʻlovchi vositalarning joylashish oʻrni
Bosh gap tarkibida keluvchi
bogʻlovchi vositalar
Ergash gap tarkibida keluvchi
bogʻlovchi vositalar
1
Koʻmakchili qurilmalar: shuning
uchun, shu sababli, shu tufayli, shu
sababdan
Ergashtiruvchi bogʻlovchilar:
a) sabab bogʻlovchilari: chunki, negaki
b) maqsad bogʻlovchisi: toki
d) shart bogʻlovchilari: agar, agarda,
basharti, mabodo
Do'stlaringiz bilan baham: |