DEB SO„ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO„SHMA
GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash
gaplar bosh gapga ko‗pincha deb so‗zi yordamida bog‗lanadi. Ergash gaplarning
kesimi buyruq va shart maylidagi, shuningdek, kelasi zamon fe‘llari bilan
ifodalanganda, asosan, maqsad ma‘nosi, o‗tgan zamon fe‘llari bilan ifodalanganda,
ko‗proq sabab ma‘nosi anglashiladi.
4-misol.
1. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo‗lingga. (Hamid Olimjon) 2. Shu
mo‗jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. (A.Oripov) 3.
Kamalakdek rango-rang Bo‗lsin deb san‘at, tillar, Asrlarcha qildim jang. (E.
Vohidov) 4. Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda.
(Hamid Olimjon) 5. Yovlar yakson bo‗lsin deb, Yigitlar jang boshladi, Yovlar qocha
boshladi. (Hamid G„ulom) 6. Otam xursand boʻlsin deb, astoydil mehnat qildi.
Deb vositasida ergashgan qoʻshma gaplarning mazmun munosabati
Mazmun munosabati
(ergash gap turi)
Qanday soʻzlardan keyin
kelsa?
Misollar
1
Bosh gapda ifodalangan
mazmunning
maqsadini
bildiradi.
(Bunday ergash gaplar
maqsad ergash gap yoki
hol ergash gap deyiladi)
1) Ergash gapning kesimi
buyruq maylidagi fe‘llar bilan
ifodalansa;
2) Ergash gapning kesimi
shart maylidagi fe‘llar bilan
ifodalansa;
3) Ergash gapning kesimi
kelasi zamon fe‘llari bilan
ifodalansa.
1)
Yovlar
yakson
boʻlsin deb, yigitlar
jang boshladi.
2) Mehmonlar kelsa
deb,
taomlar
tayyorladi.
3) Ukam oʻqiydi deb,
kitob sotib oldi.
2
Bosh gapda ifodalangan
mazmunning
roʻy
berishiga
nima
sabab
boʻlganini bildiradi.
(Bunday ergash gaplar
sabab ergash gap yoki hol
ergash gap deyiladi)
1) Ergash gapning kesimi
oʻtgan zamon fe‘llari bilan
ifodalansa.
1) Oʻqish boshlandi
deb, shaharga yoʻl
oldi.
2) Oʻqishga kirdim
deb,
hayajonlanib
gapirar edi.
3) Akam safardan
keldi
deb,
juda
xursand boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |