Solishtiring: Qiziqki, bu bogʻda hamma daraxtlar bir tekis oʻsgandi.
nimasi qiziq? nimasi → shunisi.
Shunisi qiziqki, bu bogʻda hamma daraxtlar bir tekis oʻsgandi.
NISBIY SO„ZLI ERGASHGAN QO„SHMA GAPLAR
Ergash gap tarkibida qo‗llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer
kabi so‗roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo‗lib keluvchi shu,o„sha,
shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo‗llanganligi, biri
ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so‗zlar hisoblanadi. Bunda ergash gapning
kesimi shart mayli shaklidagi fe‘llar bilan ifodalanadi.
7-misol. Nisbiy soʻzlar ajratib koʻrsatilgan.
1. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o„shaniki bo‗ladi. (O„. Haydarov)
2. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‗rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi
ko‗radi. (Hadis) 3. Kim birovga choh qazisa, o„zi yiqiladi. (Maqol) 4. Qayerda ish
to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilgan bo‗lsa, o„sha yerda rivojlanish bo‗ladi. 5. Nima ro‗zg‗orga
kerak bo‗lsa, dadam o„shani bozordan keltiraverar edi. (Oybek) 6. Kimki
boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi.
(Hadis)
Nisbiy soʻzli ergashgan qoʻshma gaplar
Nisbiy soʻzlar
Misollar
1
Kim – oʻsha (u)
Kim harakat qilsa, u murodiga yetadi.
2
Nima – shu (bu)
Akam biz nimani istasak, shuni muhayyo qilardi.
3
Qaysi – shu
Katta arava qaysi yoʻldan yursa, kichik arava ham
shu yoʻldan yuradi.
4
Qanday – shunday
Tabiatga qanday munosabatda boʻlsangiz, u ham
sizga shunday javob qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |