Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan
ulug‗roq ne‘mat yo‗q.
Dunyoda
tinchlikdan
ulug„roq
ne‟mat yo„qligini biling.
3
Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni
boshqalar oson egib oladi.
Mustaqil
fikr
yuritmaganni
boshqalar oson egib oladi.
4
Kim oldin musht ko‗tarsa, u ojiz
bo‗ladi.
Oldin musht ko„targan ojiz boʻladi.
5
Yozuvchining
mahorati
shundaki,
butun bahorni atigi chigitdek keladigan
g‗o‗ra ichiga qamab bera biladi.
Yozuvchining
mahorati
butun
bahorni atigi chigitdek keladigan
g„o„ra ichiga qamab bera bilishidir.
6
Haqiqat shunday jonki, pardoz uning
husnini buzadi.
Haqiqat pardoz husnini buzadigan
jondir.
ERGASHGAN QO„SHMA GAPLARNING GAP BO„LAKLARI
JIHATIDAN TURLARI
Ergash gaplar, yuqorida ham ta‘kidlanganidek, bosh gap tarkibidagi biror
bo‗lakning noaniqroq ma‘nosini aniqlashtirib, izohlab keladi. Shuning uchun ergash
gaplar va bosh gap tarkibidagi o‗sha bo‗lak ma‘no va vazifa jihatidan bir-biriga teng
bo‗ladi.
Ergash gaplar bosh gap tarkibidagi qaysi bo‗lakning ma‘nosini izohlashiga
ko‗ra quyidagi turlarga bo‗linadi:
1. Kesim ergash gapli qo‗shma gaplar
2. Ega ergash gapli qo‗shma gaplar
3. Hol ergash gapli qo‗shma gaplar
4. To‗ldiruvchi ergash gapli qo‗shma gaplar
5. Aniqlovchi ergash gapli qo‗shma gaplar
KESIM ERGASH GAPLI QO„SHMA GAPLAR
Bosh gap tarkibida kesim vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining
ma‘nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi.
Kesim ergash gap bosh gapga koʻrsatish olmoshi tarkibidagi -ki yuklamasi
yordamida yoki nisbiy soʻzlar orqali bogʻlanadi.
Ergash gapni bosh gap tarkibida kesim vazifasida qoʻllangan koʻrsatish
olmoshining oʻrniga qoʻyish orqali sodda gapga aylantirish mumkin boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |