Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Hol ergash gapning ma‟no turlari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   310
Hol ergash gapning ma‟no turlari 
Ma‟no turi 
Bogʻlovchi vositalar 
Misollar: 

Holat (holli) 
ergash gap 
a) -ki yuklamasi; 
b) nisbiy soʻzlar (qanday 
–shunday) 
a) Yigitlar shunaqa ishlashdiki
hamma hayron qoldi. 
b) Inson qanday harakat qilsa, 
shunday javobini oladi. 

Payt (holli) 
ergash gap 
a) 
shart 
mayli 
qoʻshimchasi: -sa; 
b) nisbiy soʻzlar (qachon 
– shu payt) 
a) Ishdan kelayotsam, sinfdosh 
doʻstimni koʻrib qoldim. 
b) Ular qachon yoʻlga chiqishsa, 
biz 
ham 
shu 
payt 
safarga 
chiqamiz. 

Oʻrin (holli) 
ergash gap 
a) 
nisbiy 
soʻzlar 
(qayerga, -da, -dan – 
oʻsha yerga, -da, -dan) 
a) Qayerda ahillik boʻlsa, oʻsha 
joyda qut-baraka boʻladi. 

Miqdor-daraja 
(holli) ergash 
gap 
a) -ki yuklamasi; 
b) 
nisbiy 
soʻzlar 
(qanchalik – shunchalik) 
a) Mehmonlar shu darajada koʻp 
ediki, toʻyxonaga sigʻmasdi. 
b) Soy qanchalik tez oqsa, u 
shunchalik sayoz boʻladi. 

Sabab (holli) 
ergash gap 
a) sabab bogʻlovchilari: 
chunki, negaki; 
b) 
koʻmakchili 
qurilmalar: 
shuning 
uchun, shu sababli, shu 
tufayli; 
d) deb soʻzi; 
e) -ki yuklamasi. 
a) Biz shu yoʻlga sodiqmiz, chunki 
boshqa yoʻl yoʻq. 
b) Kitobni bir kunga olgan edim
shuning 
uchun 
uni 
shu 
kechasidayoq oʻqib chiqdim. 
d) Oʻqishga kirdim deb, juda 
xursand boʻldi. 
e) Yoshlarimizning toleyi shuning 
uchun 
balandki
ularning 
jannatmakon yurti bor. 

Maqsad (holli) 
ergash gap 
a) maqsad bogʻlovchisi: 
toki; 
b) deb soʻzi 
a) Biz xonalar keng boʻlsin deymiz, 
toki xastalar toza havoga muhtoj 
boʻlishmasin. 
b) Ukalarim bezovta boʻlmasin 
deb, Toʻngʻich botir toʻqyning bir 


277 
chekkasiga qochdi. 

Shart (holli) 
ergash gap 
a) shart bogʻlovchilari: 
agar, 
agarda, 
mabodo,basharti; 
b) 
shart 
mayli 
qoʻshimchasi: -sa 
a) Agar shu ishni oxiriga yetkaza 
olmasak, 
jamoada 
zarracha 
obroʻyimiz qolmaydi. 
b) Qaldirgʻoch pastlab uchsa
yogʻingarchilik boʻladi. 

Oʻxshatish 
(holli) ergash 
gap 
a) 
qiyoslash-
chogʻishtiruv yuklama-
bogʻlovchilari: 
goʻyo, 
goʻyoki, xuddi, naq 
a) Koʻzlari yarim yumuq, goʻyo 
kattaroq ochishga majoli yoʻq. 
TOʻLDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO„SHMA GAPLAR 
Bosh gap tarkibida toʻldiruvchi vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining 
ma‘nosini izohlab keluvchi ergash gapga toʻldiruvchi ergash gap deyiladi.
Toʻldiruvchi ergash gap bosh gapga nisbiy soʻzlar (kimni – uni, nimani –shuni, 
kimga – unga) yoki bosh gap kesimi tarkibidagi -ki yuklamasi yordamida bogʻlanadi. 
Ergash gapni bosh gap tarkibida toʻldiruvchi vazifasida qoʻllangan koʻrsatish 
olmoshining oʻrniga qoʻyish orqali sodda gapga aylantirish mumkin boʻladi. 
11-misol. Bosh gap tarkibida toʻldiruvchi vazifasida qoʻllangan olmosh ajratib 
koʻrsatilgan. 
1. Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq 
oʻqqa tutdi. 2. Shundan ehtiyot boʻlingki, hasad insonni tubanlikka olib boradi. 3. 
Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring. 4. Kimki boʻlsa dilozor, 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling