275
natijasi
shu boʻldiki, Toʻlaganning qanshariga musht tushdi. 5. Kim chaqqon
va tez
harakat qilsa, yutuq
o„shaniki bo‗ladi.
Bunday ergash gaplarning kesim ergash gap deyilishiga sabab ergash gap bosh
gap tarkibidagi kesim vazifasida qoʻllangan va ma‘nosi noaniq boʻlgan koʻrsatish
olmshining ma‘nosini aniqlashiradi, izohlaydi.
EGA ERGASH GAPLI QO„SHMA GAPLAR
Bosh gap tarkibida ega vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining ma‘nosini
izohlab keluvchi ergash gapga
ega ergash gap deyiladi.
Ega ergash gap bosh gapga nisbiy soʻzlar
(kim – oʻsha, nima –shu) yoki bosh
gap kesimi tarkibidagi
-ki yuklamasi yordamida bogʻlanadi.
Ergash gapni bosh gap tarkibida ega vazifasida qoʻllangan koʻrsatish
olmoshining oʻrniga qoʻyish orqali sodda gapga aylantirish mumkin boʻladi.
9-misol. Bosh gap tarkibida ega vazifasida qoʻllangan
olmosh ajratib
koʻrsatilgan.
1.
Shunisi aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibatda qul sifatida kun
kechiradi. 2.
Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya oʻz faoliyatini toʻxtatmaydi. 3.
Kim koʻp izlansa,
u, albatta, oʻz maqsadiga yetadi. 4. Koʻziga nima koʻrinsa,
shu uni
qiziqtira boshladi. 5. Kim ko‗p o‗qisa,
u ko‗p biladi. 6.
Kimki shoshilmay,
aql-u
tadbir bilan ish tutsa,
u o‗z maqsadlariga oson erishadi.
Ba‘zan bosh gapning egasi vazifasidagi koʻrsatish olmoshi qoʻllanmasligi
mumkin, ammo uning oʻrni bilinib turadi. Masalan:
1. Bu savollardan ma‟lum boʻldiki, aybnoma uydirma emas. – Bu savollardan
Do'stlaringiz bilan baham: