Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bogʻlovchisiz qoʻshma gap qismlari orasiga tirening qoʻyilishi Mazmun munosabati Misollar Izoh 1
- Bogʻlovchisiz qoʻshma gap qismlari orasiga ikki nuqtaning qoʻyilishi Mazmun munosabati Misollar Izoh 1
- BOG„LOVCHISIZ QO„SHMA GAPLARNING BOSHQA QO„SHMA GAP TURLARI BILAN MA‟NODOSHLIGI
shu
paytda qizlar maktab hovlisini supurdilar. 2 Qoʻshma gap qismlari ketma-ket sodir boʻladigan voqea-hodisani ifodalasa 1) Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga joʻnaymiz. 2) Taklif etilgan barcha keldi, majlis boshlandi. 3) Bir vaqt dasturxon yozildi, turli taomlar kirdi. Bogʻlovchisiz qoʻshma gap qismlari ketma-ket roʻy bergan voqea-hodisalarni bildirsa, ular oʻrtasiga keyin soʻzini qoʻyish mumkin boʻladi: Taklif etilgan barcha keldi, majlis boshlandi. / Taklif etilgan barcha keldi, keyin majlis boshlandi. 2-misol. 1. Yaxshi o‗g‗il – el obro‗si, yaxshi qiz – uy obro‗si. (Maqol) 2. Bulbul sayrar, chumchuq chirqirar, Xabar berar asl zotidan. (Hamid Olimjon) 3. Hamma 282 ishlaringizda to‗g‗ri bo‗ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo‗lsin! (Hadis) 4. Ruboiyni ichida o‗qidi, yuzini tabassum qopladi. (Oybek) 5. Yana uvlar dahshat shamoli, Ko‗kni qora bulut quchadi. (Temur Fattoh) Bogʻlovchisiz qoʻshma gap qismlari orasiga tirening qoʻyilishi Mazmun munosabati Misollar Izoh 1 Bogʻlovchisiz qoʻshma gap qismlarining mazmuni bir-biriga zid boʻlsa 1) Koʻz qoʻrqoq – qoʻl botir. 2) Jismimiz yoʻqolur – oʻchmas nomimiz. 3) Yulduzlarni xayolida har xil ranglarga boʻyab koʻrdi – yulduzlar oʻz rangida xira miltirab turaverdi. Bogʻlovchisiz qoʻshma gap qismlarining mazmuni bir- biriga zid boʻlsa, ular oʻrtasiga ammo, lekin, biroq bogʻlovchilaridan birini qoʻyish mumkin boʻladi: Jismimiz yoʻqolur – oʻchmas nomimiz. / Jismimiz yoʻqolur, ammo oʻchmas nomimiz. 2 Bogʻlovchisiz qoʻshma gap qismlarining mazmuni bir-biriga oʻxshatilsa 1) Vaqting ketdi – baxting ketdi. 2) Qor yogʻdi – don yogʻdi. 3) Suv keldi – nur keldi. 4) Hamal keldi – amal keldi. Bogʻlovchisiz qoʻshma gap qismlarining mazmuni bir- biriga oʻxshatilsa, ular oʻrtasiga goʻyo yordamchisini qoʻyish mumkin boʻladi: Qor yogʻdi – don yogʻdi. / Qor yogʻdi, goʻyo don yogʻdi. 3 Bogʻlovchisiz qoʻshma gapning birinchi qismi ikkinchi qismidan anglashilgan mazmunning shartini yoki sababini bildirsa 1) Suv keldi – choʻllarda hayot boshlandi. 2) Yurting tinch – sen tinch. 3) Toʻgʻri boʻling – bexavotir boʻlasiz. 4) Qirq soʻmdan yigirma besh soʻmni olib tashladik – oʻn besh soʻm qoldi. 5) G‗animlar duch kelar – jang bo‗lar puxta. 6) Ter toʻkildi – dur yetishtirildi. 7) Men tirikman – oʻlja boʻlmaydi otim. 8) Said Jalolxon tovush chiqarmay uning oʻrniga oʻtirdi – u koʻrmadi. 1. Bunda birinchi gap ikkinchi gapdan anglashilgan mazmunning sababi yoki shartini bildiradi. Masalan, Suv keldi – choʻllarda hayot boshlandi gapida ikkinchi qismdan anglashilgan mazmun – choʻllarda hayot boshlanganligining sababi suv kelganligidir. 2. Bogʻlovchisiz qoʻshma gapning birinchi qismi ikkinchi qismidan anglashilgan mazmunning shartini yoki sababini bildirsa, ular oʻrtasiga shuning uchun, shu sababli kabi koʻmakchili qurilmalarni qoʻyish mumkin boʻladi: Yurting tinch – sen tinch. / Yurting tinch, shu 283 sababli sen tinch. Bogʻlovchisiz qoʻshma gap qismlari orasiga ikki nuqtaning qoʻyilishi Mazmun munosabati Misollar Izoh 1 Bogʻlovchisiz qoʻshma gapning ikkinchi qismi birinchi qismini izohlab kelsa 1) Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. 2) Elning bir soʻzi bor: oʻzingga ehtiyot boʻl, qoʻshningni oʻgʻri tutma. 3) Shu fe‘llari yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar. 4) Mening anglaganim shu boʻldi: yomonlik jazosiz qolmas ekan. Bunda bogʻlovchisiz qoʻshma gapning ikkinchi qismi birinchi qismi tarkibidagi ma‘nosi mavhumroq, noaniqroq boʻlgan biror soʻzning ma‘nosini izohlab, aniqlashtirib keladi. Masalan, birinchi gapda bogʻlovchisiz qoʻshma gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan mazmunni, ya‘ni qarorning nima ekanligini izohlayapti. 2 Bogʻlovchisiz qoʻshma gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan mazmunning sababini bildirsa 1) Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qoʻllariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari timdalandi. 2) Ba‘zida pand yemoq ham foydali: pishiq boʻlasiz, tajriba hosil qilasiz. 3) Qayerdadir xoʻroz qichqirdi: tong otishi yaqinlashgan. 4) Sizning qilayotgan ishingiz yomgʻirga oʻxshaydi: har bir tomchi don undiradi. 6) Chol aqlli odam: unga oʻrgatish ham mumkin, undan oʻrganish ham mumkin. 7) Surayyoning peshonasiga qoʻlimni qoʻyib qoʻrqib ketdim: isitmasi nihoyatda baland edi. Bunda bogʻlovchisiz qoʻshma gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan mazmunning sababini bildiradi. Masalan, ikkinchi gapdagi Ba‘zida pand yemoq ham foydaliliga sabab pishiq boʻlishingiz, tajriba hosil qilishingizdir. Bogʻlovchisiz qoʻshma gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan mazmunning sababini bildirsa, ular oʻrtasiga chunki bogʻlovchisini qoʻyish mumkin boʻladi: Ba‟zida pand yemoq ham foydali: pishiq boʻlasiz, tajriba hosil qilasiz. / Ba‟zida pand yemoq ham foydali, chunki pishiq boʻlasiz, tajriba hosil qilasiz. Bogʻlovchisiz qoʻshma gap qismlari orasiga nuqtali vergulning qoʻyilishi Mazmun munosabati Misollar Izoh 1 Bogʻlovchisiz 1) Adabiyot biror ijtimoiy hodisaning Qoʻshma gap 284 qoʻshma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin boʻlmagan voqea- hodisalarni ifodalagan va ular orasiga bir necha tinish belgilari(asosan, vergul) qoʻyilgan boʻlsa yaxshi yoki yomon ekanligini faktlar, raqamlar bilan isbot qilib, xulosa chiqarmaydi; uning yaxshi yoki yomon ekanligini koʻrsatib, kishilarda shu hodisaga nisbatan muhabbat yoki nafrat hissi tugʻdiradi. 2) Ertaga choʻqqini egallaymiz; sovuq qattiq emas, shamol boʻlishi ham kutilmaydi. 3) Xadicha xola bolalik chogʻidagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan oʻpdi, duo qildi; irim qilib oʻzi kuzatgani chiqmadi. qismlari mazmunan bi- biridan uzoqroq voqea- hodisalarni bildiradi. BOG„LOVCHISIZ QO„SHMA GAPLARNING BOSHQA QO„SHMA GAP TURLARI BILAN MA‟NODOSHLIGI Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari bog‗lovchisiz, bog‗langan va ergashgan qo‗shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin. Shunga ko‗ra ular bir- biriga ma‘nodosh bo‗la oladi. 3-misol. 1. Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi. // Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi. // Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi. 2. Qor yog‗di – don yog‗di. // Qor yog‗di, go‗yo don yog‗di. // Qor yog‗di-yu, don yog‗di. 3. Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma. // Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtdan esa ortiq naf kutma. // Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, shuning uchun mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma. 4. Qo‗shning tinch – sen tinch. // Qo‗shning tinch-u, sen tinch. // Qo‗shning tinch, shuning uchun sen tinch. 5. Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. // Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til esa davlat, dunyo keltirar. // Yomon til boshga balo keltirsa, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. 6. Sizlar ketdingizlar, men bechora yetim boladek mung‗ayib qolaverdim. // Sizlar ketdingizlar-u, men bechora yetim boladek mung‗ayib qolaverdim. // Sizlar ketdingizlar, shu sababli men bechora yetim boladek mung‗ayib qolaverdim. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling