Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   310
 
6-misol. 
Hech bir ism shunchaki tanlanib, bolaga qo‗yilmaydi. Har qanday ismning 
berilishi zamirida ota-onaning biror maqsadi, orzuumidlari, farzandining sog‗ligi, 
kelajagi, istiqbolini ko‗zlagan ezgu niyatlari yotadi. Mana shu niyatlar bolaga ism 
tanlash va berish uchun asos bo‗ladi. (E. Begmatov) 
7-misol. 
Dunyoda shunday hunarlar borki, birining xatosini ikkinchisi tuzatishi 
mumkin. Paxsakash xatosini suvoqchi, suvoqchi xatosini bo‗yoqchi; to‗quvchi aybini 
bichiqchi, bichiqchi aybini tikuvchi «yopib yuborsa» yuborar...
Dunyoda shunday hunarlar borki, xatosini hech kim tuzata olmaydi. Bular – 
shifokor va huquqshunos. Ular inson hayotini, inson qismatini hal qiladi. (O„. 
Hoshimov)
Savol va topshiriqlar: 
1. Matnning qanday turlari mavjud? 
2. Hikoya matni deganda qanday matn tushuniladi? 
3. Muhokama matni qanday matn sanaladi? 
Adabiyotlar: 
1. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek tili. T.: Universitet, 2011. 
2. Ўзбек тили грамматикаси. 2-қисм. – Т.: «ФАН», 1976. 
3. Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – T.: 2005. 
4. A.G'ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o'zbek adabiy tili, sintaksis. – T.: 1965. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


293 
ILOVALAR 
 
Amaliy va seminar mashg`ulotlarida foydalanish uchun 
Morfologik tahlil NAMUNASI: 
 
Tiriklik – tabiatning insonga inoyati. 
 
 
Tiriklik – nima? so`rog`iga javob bo`ladi, ot turkumidagi so`z, sanalmaydigan 
ot, predmetning umumiy nomini bildirishiga ko`ra: turdosh ot, turdosh ot ifodalagan 
tushunchaning xarakteriga ko`ra: mavhum ot, affiksatsiya usuli bilan yasalgan 
yasama ot, yasalish qolipi quyidagicha: [ot+-lik =asosdan anglashilgan 
narsa/predmetni umumlashtirib, holat tarzida ifodalovchi mansublik oti], tuzilishiga 
ko`ra: sodda ot, birlik shaklda qo`llaniladigan ot, kelishik kategoriyasiga ko`ra: bosh 
kelishikdagi ot, gapdagi vazifasiga ko`ra: ega vazifasida kelgan. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling