Tabiatning – nimaning? so`rog`iga javob bo`ladi, ot turkumidagi so`z,
sanalmaydigan ot, predmetning umumiy nomini bildirishiga ko`ra: turdosh ot,
turdosh ot ifodalagan tushunchaning xarakteriga ko`ra: mavhum ot, tub ot,
tuzilishiga ko`ra:sodda ot, birlik shaklda qo`llaniladigan ot, kelishik kategoriyasiga
ko`ra: qaratqich kelishikdagi ot, gapdagi vazifasiga ko`ra: qaratqich aniqlovchi
vazifasida kelgan.
Insonga – kimga? so`rog`iga javob bo`ladi, ot turkumidagi so`z, sanaladigan
ot, predmetning umumiy nomini bildirishiga ko`ra: turdosh ot, turdosh ot ifodalagan
tushunchaning xarakteriga ko`ra: muayyan ot, muayyan otning LMTsiga ko`ra shaxs
nomini anglatuvchi ot, tub ot, tuzilishiga ko`ra: sodda ot, kelishik kategoriyasiga
ko`ra: jo`nalish kelishikdagi ot, gapdagi vazifasiga ko`ra: to`ldiruvchi vazifasida
kelgan.
Inoyati – nimasi? so`rog`iga javob bo`ladi, ot turkumidagi so`z,
sanalmaydigan ot, predmetning umumiy nomini bildirishiga ko`ra: turdosh ot,
turdosh ot ifodalagan tushunchaning xarakteriga ko`ra: mavhum ot, tub ot,
tuzilishiga ko`ra: sodda ot, birlik shaklda qo`llaniladigan ot, kelishik kategoriyasiga
ko`ra: bosh kelishikdagi ot, III shaxs egalik qo`shimchasini olgan, gapdagi vazifasiga
ko`ra: ot-kesim vazifasida kelgan.
Morfemik tahlil uchun mikromatnlar varianti:
1-variant
Vatanparvarlik - hadisi shariflarda "Vatanni sevmoq iymondadir", deb bejiz
aytilmagan. Vatanni sevish - Vatanparvar bo`lish demakdir.
2-variant
Vatan ma`naviyat va madaniyat, fan, adabiyot va san`at o`chog`i hamda
bulog`idir. Inson uchun Vatandan yuksakroq boylik yo`q.
3-variant
Imon-diyonatdan gap ketganda, avvalo, ko`z o`ngimizda moziy gavdalanadi.
Imonni, diyonatni tiklamay turib, istiqloli istiqbolli buyuk Vatanni yarata olmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |