Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
bizning bir oilaning farzandlari ekanligimizni aytdi. 6
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizim
bizning
bir oilaning farzandlari ekanligimizni aytdi. 6 Soʻroq, buyruq gap shaklidagi koʻchirma gaplar darak gap shakliga aylantiriladi «Salima qanday oʻqiyapti?» – deb soʻradi onasi. Onasi Salimaning qanday oʻqiyotganligini soʻradi. 7 Koʻchirma gap tarkibidagi undov va kirish soʻzlar a) «Eh, tabiat bunchalar chiroyli!» – dedi Akbar. a) Akbar tabiatning juda chiroyli ekanligini aytdi. 289 tushirib qoldiriladi b) «Biz, albatta, musobaqada gʻalaba qozonamiz», – dedi Rustam. b) Rustam musobaqada gʻalaba qozonishlarini aytdi. 8 Undalma chiqish yoki joʻnalish kelishigidagi toʻldiruvchiga aylantiriladi a) «Qizim, umring uzoq boʻlsin» – dedi yoʻlovchi. b) «Sobir, kitobingni berib tur», – dedi doʻsti. a) Yoʻlovchi qizga umri uzoq boʻlishini tiladi. b) Doʻsti Sobirdan kitobini berib turishini soʻradi. 3-misol. № Koʻchirma gapli qoʻshma gap Oʻzlashtirma gap 1 «Kamgaplik, – deydi Hamid Olimjon, – donolik yo‗lining boshlanishi». Hamid Olimjon kamgaplik donolik yoʻlining boshlanishi ekanligini aytgan edi. 2 Mahmudxo‗ja Behbudiy: «Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir», – deb yozadi. Mahmudxo‗ja Behbudi maktabning dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisi ekanligini yozgan edi. 3 «Xalqni og‗ir sinovlar, mashaqqatlar, ulug‗ o‗zgarishlar jipslashtiradi, uning kuch-qudratini imtihon qiladi», – deb yozadi O. Hojiyeva. O. Hojiyeva xalqni og‗ir sinovlar, mashaqqatlar, ulug‗ o‗zgarishlar jipslashtirishini, uning kuch-qudratini imtihon qilishini yozadi. 4 «Erkin Vohidov mudragan aruzni uyg‗otib yubordi, uni arab, fors so‗zlaridan tozalab, sof o‗zbek g‗azalini yaratmoqda», – dedi G‗afur G‗ulom. G‗afur G‗ulom Erkin Vohidovning mudragan aruzni uyg‗otib yuborganini, uni arab, fors so‗zlaridan tozalab, sof o‗zbek g‗azalini yaratayotganini gapirdi. 5 Abdulla Qahhor jilmayib: «Odamzod hasad qilmasligi kerak. Havas qilishi kerak. Havas qilgan odam murodiga yetadi», – dedi. Abdulla Qahhor jilmayib odamzodning hasad qilmasligi, havas qilishi kerakligini, havas qilgan odam murodiga yetishini aytdi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling