Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   310
 
TASVIRIY MATN 
Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxsni tasvirlash, tavsiflash, ta‘riflash 
maqsadida tuzilgan matn tasviriy matn sanaladi. Tasviriy matn badiiy adabiyotda va 
soʻzlashuv uslubida ko‗proq qo‗llanadi. 
Tasviriy matn ko‗proq badiiy adabiyotga xos bo‗lgani uchun unda turli tasviriy 
vositalar qo‗llaniladi. Tasviriy matnni qayta hikoya qilishda ham ulardan foydalanish 
lozim. 
3-misol. 
Temurbek qaddi-qomati raso, baland bo‗yli, keng peshonali, qoshlari quyuq
ko‗zlari katta-katta bir yigit edi. Ko‗z qarashi mayin, muloyim bo‗lib, kuchli, o‗ktam 
ovoz bilan gapirar, shoshilmas, ovozida kishini o‗ziga tortuvchi qandaydir joziba
sehr yashiringandi. Qur‘on tushirganda, ovozi nomdor qorilarniki singari shirali va 
yoqimli eshitilardi. Seyistonda zaxmdor bo‗lgan o‗ng qo‗li bitib ketgan, ammo
vaqti-vаqti bilan, ayniqsa, yomg‗irli kunlarda og‗rib qo‗yar, azob berar edi. O‗ng 
oyog‗i esa bukilmaydigan bo‗lib qolgan, yurganda oqsoqlanganini bildirmaslik uchun 
shoshilmay bitta-bitta qadam tashlab yurardi. (Muhammad Ali) 
 
4-misol. 
Orol o‗sha-o‗sha. Uzoqdan turib qarasang, ko‗z to‗ymaydi. Ilon kabi buralib 
oquvchi daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so‗ng yana 
birlashadi. Qo‗sh kokil yanglig‗ irmoq orasidagi orol esa yashnab turadi. Na‘matak, 
yovvoyi jiyda, baqaterak joy talashgandek ayqashuyqash bo‗lib ketgan. Suvga egilib 
turgan jiyda barglari kumush kabi tovlanadi. Atrof sokinlik hukmida. Daryoning 
oqishi ham, oroldagi qalin daraxtzorning epkinda tebranishi ham ulug‗vor. (Tohir 
Malik). 
MUHOKAMA MATNI 
Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida muhokama yuritish, mulohaza 
bildirish maqsadida tuzilgan matn muhokama matni sanaladi.
Muhokama matni darsliklar va ilmiy kitoblarda ko‗proq qo‗llanadi. 
5-misol. 
Ba‘zan «mirshikor» so‗zini «mirishkor» tarzida o‗rinsiz ishlatadilar. Holbuki, 
buning to‗g‗ri shakli «mirshikor» bo‗lib, «mir» va «shikor» so‗zlaridan yasalgandir. 
«Shikor» – ov degani, «mir» esa «mirob», «mirshab» so‗zlaridagi «mir» bo‗lib, 
«amir kabi boshliq» ma‘nosini bildiradi. Aslida, «mir» «amir» so‗zining qisqargan 
shakli. «Amir»ning lug‗aviy ma‘nosi «buyurguvchi»dir. «Mirshab» deb tungi 
qorovullarning, «mirob» deb suvchilarning, «mirshikor» deb ovchilarning boshlig‗iga 
aytiladi. «Mirshikor» so‗zining dehqonlarga nisbatan «mirishkor dehqon» deb 
ishlatish


292 
to‗g‗ri emas. Ba‘zi kishilarning nutqida «mirishkor dehqon» degan iboraning paydo 
bo‗lishiga «mirshikor» so‗zining ikkinchi qismini noto‗g‗ri tushunish sabab bo‗lgan. 
(A. Rustamovning “So„z haqida so„z” kitobidan) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling