Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- HIKOYA MATNI
Savol va topshiriqlar: 1. Ergashgan qoʻshma gaplar qanday xususiyatlarga ega? 2. Ergashgan qoʻshma gaplar qismlari qanday vositalar bilan birikadi? 3. Bosh va ergash gap deganda qanday gaplar tushuniladi? 4. Koʻchirma gap qay tarzda oʻzlashtirma gapga aylanadi? Adabiyotlar: 1. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek tili. T.: Universitet, 2011. 2. Ўзбек тили грамматикаси. 2-қисм. – Т.: «ФАН», 1976. 290 3. Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – T.: 2005. 4. A.G'ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o'zbek adabiy tili, sintaksis. – T.: 1965. 16-mavzu: MATN LINGVISTIKSINING SHAKLLANISHI. MATNNING ASOSIY XUSUSIYATLRI. O‗zaro va tarkiban bog‗langan gaplar ketma-ketligidan iborat yozma yoki og‗zaki shakldagi yaxlit birlik matn sanaladi. Ma‘lum bir fikrni batafsil ifodalash uchun gaplarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bog‗lab,matn tuzamiz. Mazmun va grammatik jihatdan bog‗langan, bir mavzuni ifodalovchi gaplar matnni hosil qiladi. Mavzu matndagi asosiy fikrning nima haqida ekanligidir. Shundan kelib chiqqan holda matnning sarlavhasi ham bo‗lishi mumkin. Matn tarkibidagi gaplar tuzilishiga ko‗ra sodda ham, qo‗shma ham bo‗laverishi mumkin. Ular mazmunan va mantiqan bir-biri bilan bog‗langan bo‗ladi. Muayyan so‗z va grammatik shakllar bu bog‗lanishni ko‗rsatib turadi. Matnning mazmuniy yaxlitligini ta‘minlashda ayrim so‗zlar yoki gaplar asosiy o‗rinni egallaydi. Matnning mohiyatini belgilashda ular tayanch birliklar hisoblanadi. Matn mazmunini qayta bayon qilishda shu birliklar asos bo‗ladi. Matn tuzuvchi muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida hikoya qilish, ularni tasvirlash yoki ular haqida muhokama yuritish kabi maqsadlarni ko‗zda tutishi mumkin. Mazkur maqsadlarga muvofiq matnlarning quyidagi turlari farqlanadi: 1) hikoya matni; 2) tasviriy matn; 3) muhokama matni. HIKOYA MATNI Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida hikoya qilish maqsadida tuzilgan matn hikoya matni sanaladi. Hikoya matni koʻproq soʻzlashuv va badiiy asarlarda qoʻllaniladi. 1-misol. Nihoyat, Londondan Toshkentga uchadigan bo‗ldik. Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi: «Assalomu alaykum, xonimlar va janoblar! Sizlarni «O‗zbekiston havo yo‗llari» milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz!» Rostini aytsam, ko‗zimdan yosh chiqib ketdi. Bu so‗zlar mening tilimda, ona tilimda jarangladi! Vatanimdan minglab chaqirim narida, tag‗in yuzlab xorijiy yo‗lovchilar o‗tirgan kemada!.. Aqalli mana shu holatning o‗zi uchun Istiqlolga ming bora ta‘zim qilishga tayyorman! (O„. Hoshimov) 2-misol. G‗afur akaning o‗zi o‗sha buyuk ustozlar izidan borishga intilardi. Shuning uchun ham u tariximizni mukammal bilar, rasmlar chizar edi. U raqs tushganda, zo‗r raqqosalar ham davradan chiqib, tomosha qilardi. Qo‗liga taqsimcha olib, xalq termalarini aytganda, hamma jimib qolardi. Dutor chertganda, tinglovchilar bosh egib tebranishardi. G‗afur aka Yusuf qiziqlar bilan teng kelib askiya aytishardi. Latifa 291 aytishda unga hech kim teng kelolmasdi. Xalq dostonlarini baxshidek ohangi, ifodasi bilan boshdan-oyoq ayta olardi. (Said Ahmad) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling