Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   310
 
Ot - borliq yoki uning parchasini predmet sifatida atovchi, kim? nima? qayer? 
so‘roqlariga javob bo‘lib, mavjudot, narsa, joy, voqea, jarayonni atovchi leksik birlik. 
 
Atoqli ot - Bir xil predmet yoki hodisaning birini ajratib ko‘rsatishga xizmat 
qiladigan ikkilamchi nom. Masalan: bola bir turdagi predmet (shaxs) ning umumiy va 
birlamchi nomi. Sherzod ana shu bir xil predmet (shaxs) dan birini ajratib ko‘rsatish 
uchun xizmat qiladigan va bola atamasidan keyin qo‘yilgan ikkilamchi nom 
 
Turdosh ot - Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi ot. Ular 
ot turkumiga kirgan so‘zlarning asosiy qismini tashkil etadi: tog‟, 
Muayyan ot - Sezgi a‘zolari bilan sezish mumkin bo‘lgan predmetni atovchi 
ot. Masalan: daftar, odam, kumush qishloq, bozor. 
 
Mavhum ot Turli narsalarda mavjud bo‘lgan bir xil yoki o‘xshash sifatni bir 
alohidalik tarzida ifoda etadi. Ular ko‘plik son shaklida kelmaydi. Masalan: sevgi, 
ishq, do‟stlik. 
Son- Mustaqil ma‘noli tobe so‘zlardan iborat bo‘lib, predmetning miqdorini va
tartibini ko‘rsatadi, Qancha ? necha? nechanchi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Son 
otga bog‘lanib, uning sanog‘ini, miqdorini, miqdorga bog‘liq tartibini, darajasini va 
otga bog‘lanmagan holda mavhum miqdor tushunchasining nomini bildiradi. 
Tartib son LMGsi- Tartib son predmetning aniq tartibini, ketma-ketlikdagi 
o‘rnini bildirish, shuningdek, boshqasidan farqini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Tartib 
son sanoq songa [-(i)ncki] affiksining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 
Miqdor son LMTsi- Miqdor son predmetni sanash, donalash, taqsimlab yoki 
taxminlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Uning quyidagi LMGlari ajratiladi: «sanoq 
son» LMG, «dona son» LMG, «chama son» LMG, «jamlovchi son» LMG, «taqsim 
son» LMG. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling