Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzumchilikka
- Qo‟shimcha
MORFEMIK TAHLIL NAMUNASI: Bu issiqxona uzumchilikka moslashtirilgan. Bu - tub so`z (o`zak morfema) Issiqxona - sodda yasama so`z, derivatson morfema orqali yasalgan, yasalish qolipi: [ot+ -xon =asosdan anglashilgan ish-harakatga mo`ljallangan joy nomi], issiq - o`zak morfema, -xona - derivatson morfema (joy oti yasovchi qo`shimcha). Uzumchilikka - sodda yasama so`z, murakkab derivatson morfema orqali yasalgan, yasalish qolipi: [ot+ -chilik =asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan soha nomi], uzum - o`zak morfema, -chilik - derivatson morfema (yasovchi qo`shimcha), -ka - grammatik morfemaning sintaktik shakl hosil qiluvchi turi (jo`nalish kelishigi qo`shimchasi) orqali yasalgan. moslashtirilgan - sodda yasama so`z, murakkab derivatson morfema orqali yasalgan, yasalish qolipi: [sifat+ -lash =sub`ektning asosdan anglashilgan belgiga ega bo`lish harakati], mos - o`zak morfema, -lash - derivatson morfema (yasovchi qo`shimcha), - tir – lug`aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema (orttirma nisbat qo`shimchasi), - il – lug`aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema (majhul nisbat qo`shimchasi), - gan – lug`aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema (sifatdosh qo`shimchasi). «HOZIRGI O`ZBEK ADABIY TILI» FANIDAN GLOSSARIY-LUG‟ATI Morfema- So‘zning o‘zakdan boshqa qismlari undan ayricha qo‘llanmaydi va ma'no anglatmaydi. Shuning uchun ular morfema deyiladi. Qo‟shimcha- morfemaning nutqiy ko‘rinishi. Derivatsion morfema -so‘zga qo‘shilib, yangi so‘z hosil qiladi. Yangi so‘z yangi lug‘aviy va grammatik ma'noga ega bo‘ladi. Masalan, [paxta] leksemasi [-chi] affiksini olib, (paxtachi) so‘zi vujudga keladi. Yangi lug‘aviy ma'no yangi grammatik ma'noni ham vujudga keltiradi: narsa-frjyum oti shaxs otiga aylanadi. Shu bilan birgalikda, yangi so‘zning valentlik imkoniyati ham asos so‘znikidan keskin farqlanadigan holga keladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling