Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   310
SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN 
QO„SHMA GAPLAR 
Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe‘llar orqali ifodalanganda, shart 
mayli qo‗shimchasi ergash gapni bosh gapga bog‗lovchi vosita ham sanaladi. 


270 
Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki 
chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan 
ajratiladi. 
 
5-misol. 
1. Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni to‗ydiradi. (Erkin 
Samandar) 2. Yomon bo‗lar, agar ko‗z yoshing tugab qolsa, kelgunicha baxt. 
(Shavkat Rahmon) 3. Esli-hushli do‗stlaringiz bo‗lsa, biznikiga olib kelarsiz. (Murod 
Muhammad Do„st) 4. Qorako‗zni yana supurgi bilan ursang, unga kosov otsang, 
ukalaringnikiga ketib qolaman. (Said Ahmad) 5. Agar daraxt shoxlari yoz faslida
sarg‗aysa, kuz erta keladi. 6. Olma, olcha kabi mevali daraxtlar ikkinchi bo gullasa, 
bu kuzning iliq kelishidan darakdir.
Shart mayli (-sa) vositasida ergashgan qoʻshma gaplarning mazmun 
munosabati 
Mazmun munosabati 
(ergash gap turi) 
Qachon bunday 
mazmun yuzaga 
chiqadi? 
Misollar 

Bosh gapda 
ifodalangan 
mazmunning roʻy 
berishi uchun undan 
oldin roʻy berishi 
shart boʻlgan voqea-
hodisani bildiradi.
(Bunday ergash 
gaplar shart ergash 
gap yoki hol ergash 
gap deyiladi) 
Ergash gapning boshiga 
shart bogʻlovchilari: 
agar, agarda, mabodo, 
basharti ni qoʻyish 
mumkin boʻlsa. 
1) Yana shunday qilsang, seni 
ishdan boʻshatishadi. – Agar 
Yana shunday qilsang, seni 
ishdan boʻshatishadi. 
2) Qorakoʻzni yana supurgi 
bilan ursang, ukalaringnikiga 
ketib 
qolaman. 
– 
Agar
Qorakoʻzni yana supurgi bilan 
ursang, ukalaringnikiga ketib 
qolaman. 

Bosh gapda 
ifodalangan 
mazmunning roʻy 
berish yoki bermaslik 
paytini bildiradi.
(Bunday ergash 
gaplar payt ergash gap 
yoki hol ergash gap 
deyiladi) 
Ergash gapning boshiga 
shart bogʻlovchilari: 
agar, agarda, mabodo, 
basharti ni qoʻyish 
mumkin boʻlmasa. 
1) Dutor chalib oʻtirsam, tori 
uzilib ketdi. 
2) 
Hovlida 
daraxtlarni 
oqlayotsam, akam kelib qoldi. 
3) Boyning uyiga borsam, 
shaxmat oʻynayotgan ekan. 
Ergashtiruvchi bogʻlovchilar, koʻmakchili qurilmalar, deb soʻzi va -sa shart 
mayli qoʻshimchasi yordamida bogʻlangan ergashgan qoʻshma gaplarning barchasi 
hol ergash gaplar sanaladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling