Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
SO„ZNING O„Z VA KO„CHMA MA‟NOLARI
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
SO„ZNING O„Z VA KO„CHMA MA‟NOLARI
So‗zlarning nutq jarayoniga bog‗liq bo‗lmagan atash ma‘nosi o„z ma‟no sanaladi. So‗zning nutqda boshqa so‗zlarga bog‗lanib hosil qiladigan yondosh ma‘nosi ko„chma ma‟no hisoblanadi. Masalan: Odamning qulog„i – o‗z ma‘noda, qozonning qulog„i – ko‗chma ma‘noda. Inson koʻzi – oʻz ma‘noda, uzuk koʻzi – koʻchma ma‘noda. Har qanday koʻp ma‘noli soʻz ikkita ma‘noga ega boʻladi: 1) oʻz ma‘no; 2) koʻchma ma‘no. Soʻzning oʻz (asl) ma‘nosi oʻsha soʻz uchun doimiy boʻlgan, nutqdan tashqarida alohida olinganda ifodalaydigan haqiqiy ma‘nosidir. Soʻzning koʻchma ma‘nosi esa boshqa soʻzlarga bogʻlangandan keyingina yuzaga chiqadigan, faqat nutq tarkibida mavjud boʻlgan ikkilamchi ma‘nosi sanaladi. Soʻz qaysi ma‘noda, ya‘ni oʻz yoki koʻchma ma‘noda qoʻllanayotganini aniqlash uchun oʻsha soʻz nutq tarkibidan ajratib olinishi va «mavjud borliqda shunday voqelik boʻlishi mumkinmi?» degan savol berilishi lozim. Agar shunday boʻlishi mumkin boʻlsa, bu soʻz oʻz ma‘nosida; mumkin boʻlmasa, koʻchma ma‘noda qoʻllanayotgan hisoblanadi. Masalan: 1) Sodiqjon oʻtkir boltasi bilan kundalarni maydaladi. (Bolta oʻtkir boʻlishi mumkinmi? Ha. Demak, bu soʻz oʻz ma‘nosida) 2) Zaldagi oʻtkir nigohlar menga tikilgan edi. (Nigoh oʻtkir boʻlishi mumkinmi? Yoʻq. Koʻchma ma‘noda) 3) Farzandingizning zehni oʻtkir, fanlarni tez oʻzlashtirmoqda. (Zehn oʻtkir boʻlishi mumkinmi? Yoʻq. Koʻchma ma‘noda) 4) Xonada qandaydir oʻtkir atir hidi anqirdi. (Hid oʻtkir boʻlishi mumkinmi? Yoʻq. Koʻchma ma‘noda) Demak, yuqoridagi gaplarning 1-sida oʻtkir soʻzi oʻz ma‘nosida, 2-3-4- gaplarda esa koʻchma ma‘noda qoʻllangan. Soʻzning oʻz ma‘nosi bilan koʻchma ma‘nosi ma‘lum bir bogʻliqlikka ega boʻladi. Soʻzning oʻz va koʻchma ma‘nosining bogʻliqligi qanday ekanligiga koʻra ma‘no koʻchishining bir necha turlari farqlanadi: 1) Metafora; 2) Metonimiya; 3) Sinekdoxa; 4) Vazifadoshlik. METAFORA Metafora narsa yoki tushunchalar o‗rtasidagi o‗xshashlik asosida nom (so‗z)ning ko‗chishidir. Masalan, qozonning qulog„i birikmasidagi quloq so‗zining ma‘nosi metaforik ma‘no, chunki u odamning qulog‗iga o‗xshashligi asosida yuzaga kelgan. 42 Metaforada narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻxshashlik bir necha xil boʻlishi mumkin: Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling