Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   310
1) Shakliy oʻxshashlik: odam qulogʻi – qozon qulogʻi. Bunda ikki narsa-
predmetning shaklan bir-biriga oʻxshashligi asosida bir predmet nomi ikkinchi 
predmetni atash uchun koʻchiriladi. 
2) Joylashuv joyi oʻxshashligi: koʻylak etagi – togʻ etagi, koʻylak yoqasi – 
daryo yoqasi. Bunda ikki narsa-predmetning joylashuv oʻrni oʻxshash boʻladi. 
Koʻylak etagi koʻylakning pastki qismida joylashgan boʻlsa, togʻning etagi 
deyilganda ham togʻning pastki qismi tushuniladi. 
3) Belgi oʻxshashligi: shirin taom – shirin bola, yumshoq non – yumshoq fe‟l. 
Bunda ikki narsa-predmetning belgi xususiyatlari oʻxshashligi asosida bir 
predmetning belgisi (taomning shirinlik belgisi) ikkinchi predmetning belgisi 
(bolaning shirinlik, yoqimlilik belgisi) sifatida koʻchadi. Shirin taom insonga xush 
yoqsa, shirin bola ham yoqimli, yoqimtoy bola demakdir. 
4) Harakat-holat oʻxshashligi: inson koʻz yoshini toʻkdi – osmon koʻz-yoshini 
toʻkdi. Bunda ikkita harakat-holat, voqea-hodisaning oʻxshashligi asosida bir harakat-
holat nomi boshqa bir harakat-holatni ifodalash uchun koʻchadi. Yuqoridagi misolda 
insonning yigʻlashi va yomgʻir yogʻishi holatlarining oʻxshashligi ma‘no koʻchishiga 
asos boʻlgan. 
Metaforaga namunalar: 
1. Sizni koʻchaning boshida kutaman. 
2. Togʻning etagida doʻstlarimiz bilan hordiq chiqardik. 
3. Daryo yoqasidagi qamishzorda turli yovvoyi hayvonlar yashar ekan. 
4. Buloqning koʻzi ochildi. 
5. Akam bilan birgalikda tandirning ogʻzini suvadik. 
6. Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. 
7. Dutorning qulogʻini pishiq yogʻochdan yasash kerak. 
8. Ko‗chada shirin-shirin bolalar o‗ynab yurishibdi. 
9. Ilhomjon juda o„tkir gapirdi. 
10. Nilufar mehmonlarga yengil ta‘zim qildi. 
11. Ravshan ogʻir xayollar girdobida qolgan edi. 
12. Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho„zib yuborilmoqda. 
13. Mungli kuy yurakni tirnar edi. 
14. Yigitning uylanayotganini eshitgan qizning qalbi yaralandi. 
15. Ikki doʻst juda qalinlashdi. 
16. Qoʻshnimizning oʻgʻli dadasi bilan tortishayotganining ustidan chiqib 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling