Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


telefoni sotib oldim).  SINEKDOXA


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   310
telefoni sotib oldim). 
SINEKDOXA 
Sinekdoxa narsa yoki tushunchalar o‗rtasidagi butun-bo‗lak munosabati asosida 
birining nomini ikkinchisiga ko‗chirishdir. Masalan, Bu kishi tirnoqqa zor 
jumlasidagi tirnoq so‗zi sinekdoxa yo‗li bilan «farzand» ma‘nosida qo‗llangan. 
Sinekdoxada biror predmet aytilib, uning qismi tushuniladi yoki biror qism 
aytilib butun tushuniladi, ya‘ni butun orqali boʻlak yoki boʻlak orqali butun 
ifodalanadi. Masalan, Oʻshal oy yuz hech yodimdan chiqmas gapida yuz (qism) 
aytilib, inson (butun) tushuniladi. Bunda insonning bir qismi boʻlgan yuz orqali butun 
inson nazarda tutiladi. Yoki Olma archayotib qoʻlimni kesib oldim gapida qoʻl 
(butun) aytilib, barmoq (qism) tushuniladi. Bunda esa butun qoʻlning oʻzi aytilib, 
uning bir qismi barmoq nazarda tutiladi.
Sinekdoxaga namunalar: 
1. Olma archayotib qo„lini kesib oldi. (qoʻl – butun orqali uning bir qismi 
barmoq nazarda tutilgan) 
2. Bizning eshikka ham kirib turing. (eshik – qism orqali butun – uy nazarda 
tutilgan) 
3. G„ildirakni yurgizdim. (gʻildirak – qism orqali butun – arava nazarda 
tutilgan) 
4. Bu yil bogʻimizga uzum ekdik. (uzum – qism orqali butun – tok novdasi
nazarda tutilgan) 
5. Eshitgan quloq nima deydi? (quloq – qism orqali butun – inson nazarda 
tutilgan) 
6. Mahallamizda begona oyoqlar paydo bo‗ldi. (oyoq – qism orqali butun – 
inson nazarda tutilgan) 
7. Kechgacha tuz totmadi. (tuz – qism orqali butun – ovqat nazarda tutilgan) 
8. Yuzlari tandirdan uzilgan nonday qizil, moʻylovli bir odam uloq boshiga 
keldi. Ana shu moʻylov bakovul boʻldi. (T. Murod) (moʻylov – qism orqali butun – 
inson nazarda tutilgan) 


45 
9. Hajringda qaro boshim oqardi. (bosh – butun orqali uning bir qismi soch
nazarda tutilgan) 
10. Qaro koʻzum, kel-u mardumligʻ emdi fan qilgʻil… (koʻz – qism orqali 
butun – inson nazarda tutilgan) 
11. Guruhimizni birlashtirish uchun bir bosh kerak boʻlib qoldi. (bosh – qism 
orqali butun – inson nazarda tutilgan) 
12. Besh ogʻizni ayol boshim bilan qanday boqaman, aylanay? (ogʻiz – qism 
orqali butun – inson nazarda tutilgan) 
13. Ogʻir kunlarimizda mana shu tuyoq kunimizga yaragan, bolam. (tuyoq – 
qism orqali butun – sigir nazarda tutilgan) 
14. Kel, ey oy yuz, bizni xushnud et, baxtimizni but et. (yuz – qism orqali 
butun – inson nazarda tutilgan) 
15. Sajda aylar zohid ul mehrob aro,
Men sajda qilurman egma qoshima. (qosh – qism orqali butun – inson
nazarda tutilgan) 
Bir qarashda sinekdoxa va metonimiya bir-biriga oʻxshab ketadi. Ya‘ni 
metonimiyada ham sinekdoxadagi kabi butun-boʻlak munosabati bordek tuyuladi. 
Biroq sinekdoxada butun-boʻlak munosabati tabiiy, ajralmas boʻlsa, metonimiyada 
bunday xususiyat mavjud emas.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling