Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Sinekdoxa va Metonimiyaning farqi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VAZIFADOSHLIK
Sinekdoxa va Metonimiyaning farqi
Sinekdoxa Metonimiya 1) Majlisga moʻylov ham kelgan edi. 2) Birovning chaqirilmagan eshigiga borma. 1) Majlisga koʻzoynak ham kelgan edi. 2) Birovning chaqirilmagan dasturxoniga borma. 1-gapda moʻylov soʻzi orqali biror inson nazarda tutilgan. Moʻylov insonning bir qismi boʻla oladi, demak bu gapda qism orqali butun ifodalangan. 2-gapda eshik orqali uy nazarda tutilgan. Eshik tabiiy ravishda uyning bir qismi boʻla oladi, demak bu gapda qism orqali butun ifodalangan. 1-gapda koʻzoynak soʻzi orqali inson nazarda tutilgan. Koʻzoynak insonning bir qismi boʻla olmaydi. Chunki faqat tana a‘zolarigina inson qismi boʻlishi mumkin. Demak, bu gapda koʻzoynak soʻzi orqali uni koʻp taqqanligi uchun bu soʻzga bevosita aloqadorlik kasb etgan inson ifodalangan. 2-gapda dasturxon orqali uy nazarda tutilgan. Dasturxon uyning bir qismi boʻla olmaydi. Chunki eshik, deraza, tom kabilargina uy qismi boʻla olishi mumkin. Demak, bu gapda ham dasturxon soʻzi orqali unga aloqador boʻlgan (uyga mehmon kelganda dasturxon yozilishi nazarda tutilmoqda) uy ifodalangan. 46 Umuman olganda, biror soʻzning ma‘nosi sinekdoxa yoki metonimiya usulida koʻchganligini aniqlash uchun gapda aytilgan predmet va u orqali tushunilgan predmet «borliqda tabiiy ravishda butun-qism boʻla oladimi?» degan savolni qoʻyish kerak. Boʻla olsa, sinekdoxa; boʻla olmasa, metonimiya hisoblanadi. VAZIFADOSHLIK Narsa-predmetlar oʻrtasidagi vazifaviy birxillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik asosida ma‘no koʻchishi deyiladi. Masalan, odam oyogʻi – stol oyogʻi. Odamning oyogʻi uning tanasini koʻtarish va tayanch vazifasini bajaradi, stol oyogʻi ham uning asosini koʻtarish va tayanch vazifasini bajaradi. Ana shunday vazifaviy bir xillik asosida odamning tanasini koʻtarib turuvchi a‘zosi nomi stol tanasini koʻtarib turuvchi qismni ham ifodalash uchun koʻchirilmoqda. Vazifadoshlikka namunalar: 1. Samolyotning qanoti pishiq metalldan ishlangan. (qush qanoti va samolyot qanotining uchish vazifasi bir xilligi asosida) 2. Ko‗chamizda chiroqlar porlamoqda. (kerosinga pilik tekkizish orqali yoritadigan chiroq va hozirgi elekt chiroqlarning yoritish vazifasi bir xilligi asosida) 3. Derazaning singan ko„ziga plyonka qoplangan edi. (inson koʻzi va deraza koʻzining yorugʻlik oʻtkazish vazifasining bir xilligi asosida) 4. Mashinaning eshigini ochib do‗stini tushirdi. (uy eshigi va mashina eshigining kirish-chiqish vazifasining bir xilligi asosida 5. Devorning ham qulog„i bor. (odam qulogʻi va devor qulogʻining tovush oʻtkazish vazifasining bir xilligi asosida) Bir soʻzda turli usulda ma‘no koʻchishi kuzatilishi mumkin: Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling