Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   310
 
Soʻz 
Ma‟no 
koʻchish turi 
Misol 
Quloq 
Metafora 
Qozonning qulogʻini sindirib qoʻydim. 
Sinekdoxa 
Eshitgan quloq nima deydi? 
Vazifadoshlik 
Devorning ham qulogʻi bor, aylanay. 
Oyoq 
Metafora 
Kitobni boshdan oyoq oʻqib chiqdim. 
Metonimiya 
Oyogʻimni yechib, ichkariga kirdim. 
Sinekdoxa 
Mahallamizda begona oyoqlar paydo bo‗ldi. 
Vazifadoshlik 
Stolning oyogʻi qiyshayib qolibdi. 
Koʻz 
Metafora 
Buloqning koʻzi ochildi. 
Sinekdoxa 
Qaro koʻzum, kel-u mardumligʻ emdi fan qilgʻil… 
Vazifadoshlik 
Derazaning singan ko„ziga plyonka qoplangan edi. 
Eshik 
Sinekdoxa 
Endi u eshikka sira bormayman. 
Vazifadoshlik 
Mashinaning eshigini ochib doʻstini chiqardi. 
Oʻq 
Metafora 
Aravaning oʻqi 
Vazifadoshlik 
Miltiqning oʻqi, zambarakning oʻqi 
Chiroq 
Metafora 
Uning gaplari qalbimga chiroq yoqdi. 


47 
Vazifadoshlik 
Koʻchamizda turli goʻzal chiroqlar porlamoqda. 
Biror soʻzning ma‘nosi qaysi usulda koʻchganligi quyidagicha aniqlanadi. 
Misol: Buloqning koʻzi ochildi. 
1) Ma‘nosi koʻchgan soʻz aniqlanadi: koʻz; buloqning koʻzi (koʻrish a‘zosi) 
boʻlishi mumkin emas; 
2) Ma‘nosi koʻchgan soʻzning oʻz va koʻchma ma‘nosi aniqlanadi: a) koʻz 
soʻzining oʻz ma‘nosi – «tirik organizmning koʻrish a‘zosi»; b) koʻz soʻzining ushbu 
gapdagi koʻchma ma‘nosi – «buloqning suv chiqadigan qismi». 
3) Soʻzning oʻz va koʻchma ma‘nosi oʻrtasida qanday bogʻliqlik borligi 
aniqlanadi: inson koʻzi – «tirik organizmning koʻrish a‘zosi» bilan buloq koʻzi – 
«buloqning suv chiqadigan qismi» oʻrtasida qanday aloqadorlik bor? Ular makon-
zamonda bir-biriga aloqadormi? Yoʻq. Vazifasi bir xilmi? Yoʻq. Butun-qism 
munosabatida boʻla oladimi? Yoʻq. Shakliy oʻxshashmi? Ha.
Agar soʻzning oʻz va koʻchma ma‘nosi oʻrtasidagi bogʻliqlik oʻxshashlik 
boʻlsa, demak, bu soʻzda metafora usulida ma‘no koʻchgan hisoblanadi. 
Soʻzning qaysi usulda ma‘nosi koʻchganligi uning oʻz ma‘nosi va koʻchma 
ma‘nosi oʻrtasidagi bogʻliqlik nimaga asoslanishiga koʻra aniqlanadi. Agar soʻzning 
oʻz va koʻchma ma‘nosi oʻrtasidagi bogʻliqlik oʻxshashlik boʻlsa, metafora; makon 
va zamondagi aloqadorlik boʻlsa, metonimiya; butun-qism munosabati boʻlsa, 
sinekdoxa; vazifaviy bir xillik boʻlsa vazifadoshlik usulida ma‘no koʻchgan sanaladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling