2-misol.
1. Uning quvnoq chehrasi qizga yanada yoqimli koʻrindi. 2. Basharasiga
tushgan qamchi zarbidan yerga yiqildi.
Bir umumiy ma‘noni ifodalovchi ikki va undan ortiq soʻzlarga sinonim
(ma‟nodosh) soʻzlar deyiladi. Bu kabi soʻzlarning bir qatorga jamlanishiga sinonim
(ma‟nodosh) soʻzlar qatori deb ataladi. Masalan: zafar, gʻalaba, yutuq. Qatordagi
ma‘nosi hammaga tushunarli boʻlgan, nutqda faol qoʻllanadigan, adabiy shakl
sanalgan soʻz bosh soʻz deb yuritiladi.
Masalan, yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, ruxsor, oraz, jamol soʻzlarining
barchasi bir umumiy ma‘noni – inson boshining old qismi ma‘nosini bildiradi.
Shuning uchun bu soʻzlar oʻzaro ma‘nodosh soʻzlar hisoblanadi. Ma‘nodosh soʻzlar
birgalikda bir ma‘nodoshlik qatorini (uyasini) tashkil qiladi. Demak, yuqoridagi
soʻzlar bitta ma‘nodoshlik qatoriga kiradi.
Ma‘nodosh soʻzlar bir umumiy ma‘noni ifodalasa ham, bir qator xususiyatlari
bilan ma‘lum darajada bir-biridan farq qiladi. Bir ma‘nodoshlik qatoriga kiruvchi
soʻzlarni bir-biridan farqlovchi asosiy belgilar esa quyidagilar:
1) Ma‟no darajasi.
Ma‘nodosh soʻzlar ma‘nosining kuchli/kuchsizligiga koʻra farqlanadi va ana
shu asosda turli nutqiy vaziyatda ma‘lum bittasigina qoʻllaniladi. Masalan, nam, hoʻl,
shalabbo soʻzlari ivigan degan umumiy ma‘noni bildirsa-da, ular ivish darajasining
kuchli/kuchsizligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Buni ma‘noning kuchayishi
tartibida quyidagicha koʻrsatish mumkin: nam → hoʻl → shalabbo.
Ya‘ni namga qaraganda hoʻlda, hoʻlga qaraganda shalabboda ivish darajasi
kuchayib boradi.
2) Ijobiy/salbiyligi.
Ma‘nodosh soʻzlarning ayrimlari ijobiy, ayrimlari salbiy ma‘no kasb etadi va
shunga koʻra ham oʻzaro farqlanadi. Masalan, chehra, oraz, jamol soʻzlari ijobiy
boʻyoqqa ega boʻlsa, bet, aft, bashara, turq soʻzlari salbiy boʻyoqqa egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |