Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


ZID MA‟NOLI SOʻZLAR (ANTONIMLAR)


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   310
ZID MA‟NOLI SOʻZLAR (ANTONIMLAR)  
 
3-misol. 
Oq kun – baxt-u saodat, 
Qora kun – gʻam, musibat. 
Yaxshi soʻz – jon ozigʻi, yomon soʻz – bosh qozigʻi. 
 
Qarama-qarshi ma‘noli soʻzlarga zid ma‘noli soʻzlar deyiladi. 
Zid ma‘noli soʻzlar doimo ikki qarama-qarshi a‘zodan iborat boʻladi. Birini 
aytsak, ikkinchisi xayolimizga keladi. Masalan: achchiq deyishimiz bilan shirin 
esimizga tushadi. Zid ma‘noli soʻzlar birgalikda qoʻllanib, yangi soʻz hosil qilishi 
mumkin. Masalan: yosh-u qari – bari, achchiq-chuchuk – ovqat turi, uzoq-yaqindan 
– hamma yoqdan kabi. 
 
Zid ma‘nolilik hodisasi ham faqat bir turkum doirasida uchraydi. Shuning 
uchun zid ma‘noli soʻzlarni belgilashda, avvalo, ularning turkumi bir xil ekanligiga 
e‘tibor qaratish lozim. Masalan, baland va past soʻzlari oʻzaro zid ma‘noli soʻzlar 
hisoblanadi. Chunki ularning ham ma‘nosi zid, ham turkumi bir xil: ikkalasi ham 
sifat turkumiga mansub. Ammo balandlik va past soʻzlari zid ma‘noli boʻla olmaydi. 
Negaki ularning turkumi boshqa-boshqa: balandlik – ot, past – sifat. 
 
 
 
 
 
 


51 
PARONIM (TALAFFUZDOSH) SOʻZLAR 
 
4-misol. 
1. Mirzakarimboyni Toshkentning toʻrt dahasi biladi. 2. Oʻzbek xalqi ichidan 
oʻnlab daholar yetishib chiqqan. 3. Ot abzalin shayladi, oʻq-anjomin boyladi. 4. 
Sizning har bir soʻzingiz biz uchun tilladan afzal. 
 
Talaffuzi va yozilishi bir-biriga juda yaqin, lekin ma‘nolari bir-biridan 
butunlay farq qiladigan soʻzlar paronimlar deyiladi. 
Misollar:
 
Siqim – ot / hovuch. 
Sig‗im – ot / hajm, miqdor: Sigʻimi katta idish. 
Raso – sifat / aqli raso – dono: Aqli raso yigit 
Rosa – ravish / juda, nihoyatda. 
Qala – fe‘l / biror narsani (oʻtinni) ustma-ust qoʻymoq, taxlamoq. 
Qal‘a – ot / qoʻrgʻon, shahar. 
Lahm – ot / suyaksiz goʻsht. 
Lahim – ot / yerosti yoʻli. 
Talaffuzi yaqin boʻlgani uchun bunday soʻzlarni ogʻzaki va yozma nutqda bir-
biri bilan almashtirib qoʻyish ehtimoli bor: 
Konstitutsiya 6 boʻlim. 26 bop, 128 moddadan iborat. 
Ushbu gapda aslida bob soʻzi qoʻllanilishi kerak edi, lekin uning paronimi bop 
notoʻgʻri qoʻllangan. Paronimlarni notoʻgʻri qoʻllash bilan bogʻliq xatolar ba‘zan 
uslubiy xato yoki soʻz qoʻllash bilan bogʻliq xato deb ham yuritiladi. 
Paronimlar yozma nutqda koʻpincha bir tovush yoki tutuq belgisi bilan 
farqlanadi: bob – bop, she‘r – sher kabi. Ammo har qanday bir tovush bilan 
farqlanuvchi soʻzlar oʻzaro paronim boʻlavermaydi. Masalan, qor va torter va ber
don va jon soʻzlari bittadan tovushi bilan farqlansa-da, paronim emas. Chunki 
ularning talaffuzi bir-biriga umuman yaqin emas. Demak, ikkita soʻz paronim 
boʻlishi uchun, avvalo, talaffuzi yaqin, oʻxshash boʻlishi lozim. 
Paronimlar bilan bogʻliq xatoni (uslubiy, soʻz qoʻllash bilan bogʻliq xatoni) 
imloviy xatodan farqlash lozim. Ular quyidagicha farqlanadi: 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling