Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   310
ichiga sigʻmadi. – ibora; Bolakay sumkasini boʻyniga ildi. – soʻz birikmasi; Bor 
aybni doʻstining boʻyniga ildi. – ibora; Yigit qurigan daraxtni yiqitish uchun ildiziga 
bolta urdi. – soʻz birikmasi; Podshoh mamlakatda avj olgan jinoyatchilikning 
ildiziga bolta urdi. – ibora. 
Iboralar tilning eng muhim tasviriy-uslubiy vositalaridan biridir. Ular nutq 
uslublarida turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, ilmiy va rasmiy uslublarda 
ko‗pincha muayyan tushunchalarni nomlash uchun qo‗llanadi. Masalan, qo„l 
qo„ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi chiqmoq, ovoz bermoq, qo„l ko„tarmoq kabi 
iboralar bunga misol bo‗la oladi.
Iboralarning aksariyati obrazli tafakkur mahsuli bo‗lib, kuchli ko‗chma ma‘no 
ifodasi bilan, yorqin emotsional-ekspressivligi bilan tilda yashaydi. Masalan: tomdan 
tarasha tushganday, tarvuzi qo„ltig„idan tushmoq, oyog„ini qo„liga olmoq, o„pkasini 
qo„ltiqlamoq, chumchuq pir etsa, yuragi shir etmoq, qosh qo„yaman deb, ko„z 
chiqarmoq kabi. Badiiy va publitsistik, shuningdek, so‗zlashuv uslublarida iboralar 


58 
xilma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi, bunga iboralardagi mavjud rang-
barang uslubiy bo‗yoq imkoniyat yaratadi. 
2-misol. Iboralar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Bu ishni kim qilsa-da, o„ziga to„q odam qilibdi! Qo„li uzun odam qilibdi! 
(Tog„ay Murod) 2. Uylanay desa, ba‘zilarining qo„li kalta: ota-ona qari, chimildiq 
osguncha, ularni boqib turish kerak. (Erkin A‟zam) 3. Endi mulla Fazliddin bo„yni 
yo„g„on beklardan ko‗rgan yomonliklarini aytib bersa, Bobur uni himoyasiz tashlab 
qo‗ymasligi kerak. (P. Qodirov) 4. Miryoqub bo‗lsa, nima deyishga hayron bo‗lib, 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling