Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
QOʻSHIMCHALAR (KOʻMAKCHI MORFEMALAR)
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
QOʻSHIMCHALAR (KOʻMAKCHI MORFEMALAR)
Mustaqil qoʻllana olmaydigan, asosga qoʻshilib, unga yangi yoki qoʻshimcha ma‘no yuklaydigan, shuningdek, soʻzlarni bogʻlashga xizmat qiladigan qism qoʻshimcha deyiladi. 3-misol. 1. Ishchilarni → ish-chi-lar-ni 2. Kitobxonlarimizga → kitob-xon-lar-imiz-ga 3. Borishdi → bor-ish-di 4. Tinchlikparvarlik → tin-ch-lik-parvar-lik Yuqoridagi soʻzlar tarkibida ajratib koʻrsatilgan qismlar qoʻshimcha (koʻmakchi morfema)lar hisoblanadi. Qoʻshimcha (koʻmakchi morfema)lar oʻzi yakka qoʻllana olmaydi va doimo asosga qoʻshilib kelib, ma‘lum bir vazifalarni bajaradi. Qoʻshimchalar vazifasiga koʻra ikki turli boʻladi: a) soʻz yasovchi qoʻshimchalar; b) shakl yasovchi qoʻshimchalar. 67 Asosga qoʻshilib, yangi ma‘no hosil qiluvchi qoʻshimchalar soʻz yasovchi qoʻshimchalar deyiladi. Masalan: doʻppi + doʻz, ser + qatnov, foyda + li, taqsim + la. Soʻz yasovchi qoʻshimchalar bir soʻzga qoʻshilib, undan yangi soʻz hosil qiluvchi (yasovchi) qoʻshimchalardir. Masalan, kitob soʻziga qoʻshilgan -xon qoʻshimchasi undan kitobxon degan yangi soʻz yasaydi yoki gul soʻziga qoʻshilgan - zor qoʻshimchasi undan gulzor soʻzini hosil qiladi. Yangi soʻz yasalganda yangi ma‘no (tushuncha) hosil boʻladi. Masalan, gul soʻzi «oʻsimlik» ma‘nosini bildirsa, undan hosil qilingan gulzor soʻzi «oʻrin-joy» ma‘nosini ifodalaydi, ya‘ni bir soʻzdan yangi soʻz yasalganda bir ma‘no (tushuncha)dan boshqa bir ma‘no (tushuncha) vujudga keladi. Shuning uchun qachonki bir ma‘nodan boshqa bir yangi ma‘no hosil boʻlgan boʻlsa, yangi soʻz yasalgan hisoblanadi. Bu holatni kitobxon soʻzida ham koʻrishimiz mumkin: kitobxon soʻzi kitob soʻzidan yasalgan, kitob soʻzi «oʻquv quroli» ma‘nosini bildirsa, kitobxon soʻzi «kitob oʻquvchi shaxs» ma‘nosini ifodalaydi. Demak, bu yerda «oʻquv quroli» ma‘nosidan «kitob oʻquvchi shaxs» ma‘nosi kelib chiqmoqda. Shunga koʻra bu yerda soʻz yasalyapti deyishimiz mumkin. «Oʻquv quroli» ma‘nosini bildiruvchi kitob soʻziga butunlay yangi «kitob oʻquvchi shaxs» ma‘nosini qoʻshayotgan va undan kitobxon soʻzini hosil qilayotgan vosita esa -xon qoʻshimchasidir. Shuning uchun bu shakl soʻz yasovchi qoʻshimcha hisoblanadi. Quyidagi jadvalga e‘tibor bering: Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling