Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   310
kichkina oʻquv quroli» 
ma‘nosini bildiradi. 
Kitobcha soʻzi oʻzining 
asosi kitob soʻzi bilan bir 
xil – «varaqlardan tashkil 
topgan, muqovalangan 
oʻquv quroli» ma‘nosini 
bildirgani uchun tub soʻz 
hisoblanadi. Chunki bu 
yerda yangi ma‘no hosil 
boʻlmay, oldingi ma‘no 
«varaqlardan 
tashkil topgan, 
muqovalangan 
oʻquv quroli» 
«varaqlardan 
tashkil topgan, 
muqovalangan 
oʻquv quroli» + 
«kichraytirish» 
«varaqlardan 
tashkil topgan, 
muqovalangan 
kichkina 
oʻquv quroli» 


70 
oʻz holicha saqlangan. 
Kitob ham, kitobcha ham 
bitta narsani – oʻquv 
qurolini bildiradi. -cha esa 
ma‘noni butunlay 
oʻzgartirmasdan unga 
qoʻshimcha ma‘no 
(kichraytirish ma‘nosi) 
qoʻshgani uchun lugʻaviy 
shakl yasovchi 
qoʻshimcha hisoblanadi. 
№ 
Soʻz 
Soʻz yasovchi 
qoʻshimchaning 
qoʻshilishi 
Soʻz 
Izoh 

Gul 
Gul + chi 
gulchi 
Gul soʻzidagi «oʻsimlik» 
ma‘nosi gulchi soʻzida 
butunlay oʻzgargan va 
yangi «gul ekish yoki 
sotish bilan 
shugʻullanuvchi shaxs» 
ma‘nosi hosil boʻlgan, 
ya‘ni «oʻsimlik» ma‘nosi 
oʻrniga boshqa ma‘no 
«shaxs» ma‘nosi vujudga 
kelgan. Gulchi soʻzi 
oʻzining asosi gul soʻzi 
bilan ikki xil, boshqa-
boshqa ma‘nolarni 
bildirgani uchun yasama 
soʻz hisoblanadi. -chi esa 
ma‘noni butunlay 
oʻzgartirib, yangi ma‘no 
hosil qilgani uchun soʻz 
yasovchi qoʻshimcha 
hisoblanadi. 
«oʻsimlik» 
«oʻsimlik» + 
«shaxs» 
«gul ekish yoki 
sotish bilan 
shugʻullanuvchi 
shaxs» 

Kitob 
Kitob + xon 
Kitobxon 
Kitob soʻzidagi 
«varaqlardan tashkil 
topgan, muqovalangan 
oʻquv quroli» ma‘nosi 
kitobxon soʻzida 
butunlay oʻzgargan va 
yangi «kitobni 
oʻqiydigan shaxs» 
«varaqlardan 
tashkil topgan, 
muqovalangan 
oʻquv quroli» 
«varaqlardan 
tashkil topgan, 
muqovalangan 
oʻquv quroli» + 
«shaxs» 
«kitobni 
oʻqiydigan 
shaxs» 


71 
ma‘nosi hosil boʻlgan, 
ya‘ni «oʻquv quroli» 
ma‘nosi oʻrniga boshqa 
ma‘no «shaxs» ma‘nosi 
vujudga kelgan. 
Kitobxon soʻzi oʻzining 
asosi kitob soʻzi bilan 
ikki xil, boshqa-boshqa 
ma‘nolarni bildirgani 
uchun yasama soʻz 
hisoblanadi. -xon esa 
ma‘noni butunlay 
oʻzgartirib, yangi ma‘no 
hosil qilgani uchun soʻz 
yasovchi qoʻshimcha 
hisoblanadi 
Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalarga quyidagi qoʻshimchalar kiradi: 
1) otlarning koʻplik shakli;
2) otlarning kichraytirish-erkalash shakllari; 
3) sifat darajasini hosil qiluvchi shakllar; 
4) sonning ma‘no turlarini hosil qiluvchi shakllar;
5) fe‘lning vazifa shakllari; 
6) fe‘lning nisbat shakllari; 
7) fe‘lning boʻlishsizlik shakli; 
8) qarashlilik shakli; 
9) oʻrin-joyga xoslik shakli. 
Oʻzbek tilidagi lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar 
Otning lugʻaviy shakl yasovchilari 
№ 
Qoʻshimcha 
Misollar 
Vazifasi 

-lar 
gullar, kitoblar 
Otlarning koʻplik shakli 

-cha 
uycha 
Otlarning kichraytirish-erkalash 
shakllari 

-gina 
onaginam 

-loq (-aloq) 
boʻtaloq, qizaloq 

-choq 
qoʻzichoq 

-chak 
kelinchak 

-xon 
otaxon 

-jon 
onajon 

-kay 
bolakay 
Sifatning lugʻaviy shakl yasovchilari 
10 
-ish 
oqish, koʻkish 
Sifatning daraja shakllari 
11 
-(i)mtir 
qoramtir, koʻkimtir 
12 
-roq 
kengroq 


72 
Sonning lugʻaviy shakl yasovchilari 
13 
-ta 
beshta 
Sonning ma‘no turlarini hosil qiluvchi 
qoʻshimchalar 
14 
-tacha 
oʻntacha 
15 
-larcha 
yuzlarcha 
16 
-lab 
minglab 
17 
-tadan 
toʻrttadan 
18 
-ov 
ikkov 
19 
-ala 
uchala 
20 
-ovlon 
oltovlon 
21 
-(i)nchi 
birinchi, ikkinchi 
Fe‟lning lugʻaviy shakl yasovchilari 
22 
-(i)n 
bezanmoq, kiyinmoq 
Oʻzlik nisbat shakllari 
23 
-(i)l 
Gul ochildi. 
24 
-(i)n 
Kitoblar toʻplandi. 
Majhul nisbat shakllari 
25 
-(i)l 
Kiyimlar yuvildi. 
26 
-t 
to‗qit, ishlat, oʻqit. 
Orttirma nisbat shakllari 
27 
-dir 
chizdir, kuldir 
28 
-tir 
oʻstir, ostir, kestir. 
29 
-ir, -ar, -iz 
shoshir, qaytar, tomiz. 
30 
-sat 
koʻrsat 
31 
-kaz 
oʻtkaz
32 
-qaz 
oʻtqaz
33 
-gʻiz 
turgʻiz 
34 
-giz 
yurgiz 
35 
-kiz 
ketkiz 
36 
-qiz 
oʻtqiz 
37 
-it 
kirit 
38 
-(i)sh 
oʻqishdi, yozishdi 
Harakat nomi shakllari 
39 
-(i)sh 
oʻqish, kelish 
40 
-moq 
yozmoq 
41 
-mak 
aytmak 
42 
-(u)v 
oʻquv, suzuv 
43 
-maslik 
yozmaslik 
44 
-gan (-kan, -
qan) 
oʻtgan, tikkan, chiqqan 
Sifatdosh shakllari 
45 
-(a)yotgan 
oʻqigan, borayotgan 
46 
-ydigan, -
adigan 
oʻqiydigan, boradigan 
47 
-(a)r 
sayrar, kelar 
48 
-mas 
qaytmas 
49 
-a / -y 
ayta-ayta, oʻqiy-oʻqiy 
Ravishdosh shakllari 
50 
-gancha (-
kancha, -
yigʻlagancha, 
tikkancha, chiqqancha 


73 
qancha) 
51 
-guncha (-
kuncha, -
quncha) 
aytguncha, tikkuncha, 
chiqquncha 
52 
-gach (-kach, -
qach) 
aytgach, tikkach, 
chiqqach 
53 
-gani (-kani, -
qani) 
aytgani, tikkani, 
chiqqani 
54 
-masdan 
oʻqimasdan 
55 
-mayin 
oʻqimayin 
56 
-may 
oʻqimay 
Boshqa lugʻaviy shakl yasovchilar 
57 
-niki 
bizniki, akamniki 
Qarashlilik shakli 
58 
-dagi 
uydagi, bogʻdagi 
Oʻrin-joyga xoslik shakli 
 
Oʻzi qoʻshilayotgan soʻzni boshqasiga bogʻlash vazifasini bajaruvchi 
qoʻshimchalar sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar yoki munosabat shakllari 
deyiladi. Ularga egalik, kelishik, kesimlik; shaxs-son, zamon, mayl qoʻshimchalari 
kiradi. 
 
Sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar oʻzi qoʻshilgan soʻzni boshqa soʻzga 
bogʻlash vazifasini bajaruvchi shakllar hisoblanadi. Masalan, uyga bormoq 
birikmasida uy soʻziga qoʻshilgan -ga qoʻshimchasi uni bormoq soʻziga bogʻlash 
vazifasini bajargan (uy bormoq deb qoʻllab boʻlmaydi) yoki Men keldim gapida 
keldim soʻzi tarkibidagi -m shakli keldim soʻzini men soʻziga bogʻlashga xizmat 
qilgan, agar ushbu qoʻshimcha boʻlmasa, ikki soʻz bogʻlanmaydi va gap yuzaga 
kelmaydi (Men keldi deb qoʻllab boʻlmaydi).
Sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar (munosabat shakllari) ikki guruhga 
boʻlinadi: 
1) Ismlarning munosabat shakllari: 
a) egalik shakllari; 
b) kelishik shakllari; 
d) kesimlik shakllari. 
2) Fe‟llarning munosabat shakllari: 
a) shaxs-son shakllari; 
b) zamon shakllari; 
d) mayl shakllari. 
ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI 
Egalik qoʻshimchalari 
Shaxs 
Birlik 
Koʻplik 

-(i)m: ukam, kitobim 
-(i)miz: ukamiz, kitobimiz 
II 
-(i)ng: ukang, kitobing 
-(i)ngiz: ukangiz, kitobingiz 
III 
-i, -si: ukasi, kitobi 
-(lar)i: ukalari, onalari 


74 
№ Kelishik nomlari Qoʻshimchalari 
Misollar 

Bosh kelishik 
– 
It hurar, karvon o‗tar. (Maqol) 

Qaratqich kelishigi 
-ning 
Kitobning varag‗i. 

Tushum kelishigi 
-ni 
Vatanni sev, tuprog‗ini o‗p. (Oybek) 

Joʻnalish kelishigi 
-ga (-ka, -qa) 
Betga aytganning zahri yo‗q. (Maqol) 
5 Oʻrin-payt kelishigi 
-da 
Yosh ko‗nglimda orzularim mo‗l. (E. 
Vohidov) 

Chiqish kelishigi 
-dan 
Kutubxonadan keldim. 
Kesimlik qoʻshimchalari 
Shaxs 
Birlik 
Koʻplik 

-man: Men talabaman. 
-miz: Biz talabamiz. 
II 
-san: Sen talabasan. 
-siz: Siz talabasiz. 
III 
-dir: U talabadir. 
-dir(lar): Ular talabadirlar. 
FE‟LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI 
Fe‟llarning zamon shakllari 
№ Qoʻshimcha 
Misollar 
Vazifasi 

-di 
keldi 
Oʻtgan zamon shakllari 

-(i)b 
kelibdi 

-gan (-kan, -
qan) 
U uyga kelgan. 

-yap(ti) 
kelyapti 
Hozirgi zamon shakllari 

-moqda 
kelmoqda 

-(a)yotir 
kelayotir 

-(a)yotib 
kelayotibdi 

-a / -y 
keladi, oʻqiydi 
Kelasi zamon shakllari 

-(a)r 
U uyga kelar. 
10 
-moqchi 
kelmoqchi 
11 
-(a)jak 
borajak 
12 
-ur 
borur 
13 
-gusi 
borgusi 
14 
-gay 
borgay 
Fe‟llarning mayl shakllari 

-sa 
oʻqisa 
Shart mayli shakli 
Buyruq-istak mayli shakllari 
Shaxs 
Birlik 
Misollar 
Koʻplik 
Misollar 

-(a)y, -
(a)yin 
boray, oʻqiy, borayin, 
oʻqiyin 
-(a)ylik 
boraylik, oʻqiylik 
II 
…, -gin 
oʻqi, oʻqigin 
-(i)ng, -
(i)ngiz 
boring, oʻqing / 
boringiz, oʻqingiz 


75 
Shaxs-son shakllari 
I tuslanish 
Shaxs 
Birlik 
Koʻplik 
Qoʻshilish oʻrni 

-m: keldim / kelsam -k: keldik / kelsak 
Oʻtgan zamonning -di va 
shart maylining -sa 
shakllaridan soʻng 
II 
-ng: kelding / 
kelsang 
-ngiz: keldingiz / 
kelsangiz 
III 
… : keldi / kelsa 
… (lar): keldilar / 
kelsalar 
II tuslanish 

-man: kelibman 
-miz: kelibmiz 
Oʻtgan zamonning -ib, -gan
Hozirgi zamonning -yap, -
moqda,
-(a)yotir, -(a)yotib
Kelasi zamonning -a / -y, -
(a)r,
-moqchi shakllaridan soʻng 
II 
-san: kelibsan 
-siz: kelibsiz 
III 
… / -di: kelibdi 
… (lar) / -di(lar): 
kelibdilar 
SOʻZ TARKIBIDA TARTIB 
 
Soʻzning ma‘noli qismlari ma‘lum tartibga ega. Ularning joylashuvi 
quyidagicha boʻladi: asos + soʻz yasovchi + lugʻaviy shakl yasovchi + sintaktik shakl 
yasovchi. 
 
5-misol. 
 
Kitobxonlarning → kitob + xon + lar + ning: kitob – asos, xon – soʻz yasovchi, 
-lar – lugʻaviy shakl yasovchi, -ning – sintaktik shakl yasovchi. 
Ishlatdi → ish + la + t + di: ish – asos, -la – soʻz yasovchi, -t – lugʻaviy shakl 
yasovchi, -di – sintaktik shakl yasovchi. 
Soʻz ma‘noli qismlarining bunday tartibi oʻzbek tilidagi me‘yoriy, odatdagi 
morfemik tartib sanaladi.
Ba‘zan esa bunday tartib buzilishi mumkin. Quyidagi holatlarda oʻzbek tilida 
soʻz ma‘noli qismlari (morfemalar)ning me‘yoriy tartibi buziladi va morfemik tarkibi 
(ma‘noli qismlarining tartibi) noodatiy boʻlgan soʻzlar yuzaga keladi:
1) soʻz yasovchi + asos.
Beibo → be – soʻz yasovchi, ibo – asos. 
Bunda fors-tojik tilidan kirgan old qoʻshimchalar asosdan oldin keladi. 
Batartib, notoʻgʻri, sersuv, boobroʻ kabi soʻzlarda ham shunday holat kuzatiladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling