Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
) asos + lugʻaviy shakl yasovchi + soʻz yasovchi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) asos + sintaktik shakl yasovchi + soʻz yasovchi.
- 4) asos + soʻz yasovchi + lugʻaviy shakl yasovchi + soʻz yasovchi.
2) asos + lugʻaviy shakl yasovchi + soʻz yasovchi.
Isitkich → isi – asos, -t – orttirma nisbat/lugʻaviy shakl yasovchi, -kich – soʻz yasovchi. Bunda lugʻaviy shakl yasovchi soʻz yasovchi qoʻshimchadan oldin asosga qoʻshiladi. Bunday holat koʻpincha fe‘ldan yasalgan ot va sifatlarda kuzatiladi, ya‘ni lugʻaviy shakl yasovchi boʻlgan fe‘lning nisbat va vazifa shakllari ot yoki sifat yasovchi qoʻshimchadan oldin asosga qoʻshiladi. Koʻrsatkich, sovitkich, qaynatma III -sin oʻqisin -sin(lar) oʻqisinlar 76 (shoʻrva), isitma (harorat ma‘nosida), koʻrgazma, yeyishli kabi soʻzlarda ham shunday holat kuzatiladi. 3) asos + sintaktik shakl yasovchi + soʻz yasovchi. Oʻzicha → oʻz – asos, -i – egalik qoʻshimchasi/sintaktik shakl yasovchi, -cha – soʻz yasovchi. Bunda sintaktik shakl yasovchi soʻz yasovchi qoʻshimchadan oldin asosga qoʻshiladi. 4) asos + soʻz yasovchi + lugʻaviy shakl yasovchi + soʻz yasovchi. Muzlatkich → muz – asos, -la – soʻz yasovchi, -t – orttirma nisbat/lugʻaviy shakl yasovchi, -kich – soʻz yasovchi. Bunda lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchadan keyin sintaktik shakl yasovchi emas, soʻz yasovchi qoʻshimchaning qoʻshilishi kuzatiladi. Eslatma, koʻpaytma, qisqartma kabi soʻzlarda ham shunday holat kuzatiladi. SOʻZ YASALISHI Tilda oldindan mavjud boʻlgan biror soʻzga ma‘lum bir yasovchi vositani qoʻshib yangi soʻz hosil qilish soʻz yasalishi hodisasi hisoblanadi. Masalan: bilim, terimchi, guldon, ishyoqmas, oqkoʻngil. 1-misol. 1) kitobxon, gulzor, ishchi, sevgi, tekisla, zargar, boshliq. 2) qoʻlqop, koʻzoynak, devqomat, sheryurak, bir payt, har vaqt, salom bermoq. Yangi soʻz yasalganda yangi ma‘no (tushuncha) hosil boʻladi. Masalan, gul soʻzi «oʻsimlik» ma‘nosini bildirsa, undan hosil qilingan gulzor soʻzi «oʻrin-joy» ma‘nosini ifodalaydi, ya‘ni bir soʻzdan yangi soʻz yasalganda bir ma‘no (tushuncha)dan boshqa bir ma‘no tushuncha vujudga keladi. Shuning uchun qachonki bir ma‘nodan boshqa bir yangi ma‘no hosil boʻlgan boʻlsa, yangi soʻz yasalgan hisoblanadi. Bu holatni kitobxon soʻzida ham koʻrishimiz mumkin: kitobxon soʻzi kitob soʻzidan yasalgan, kitob soʻzi «oʻquv quroli» ma‘nosini bildirsa, kitobxon soʻzi «kitob oʻquvchi shaxs» ma‘nosini ifodalaydi. Demak, bu yerda «oʻquv quroli» ma‘nosidan «kitob oʻquvchi shaxs» ma‘nosi kelib chiqmoqda. Shunga koʻra bu yerda soʻz yasalyapti deyishimiz mumkin. «Oʻquv quroli» ma‘nosini bildiruvchi kitob soʻziga butunlay yangi «kitob oʻquvchi shaxs» ma‘nosini qoʻshayotgan va undan kitobxon soʻzini hosil qilayotgan vosita esa -xon qoʻshimchasidir. Shuning uchun bu qoʻshimcha soʻz yasovchi qoʻshimcha hisoblanadi. Quyidagi jadvalga e‘tibor bering: Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling