Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   310
 
Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar biror soʻzga qoʻshilib, uning 
ma‘nosiga biroz qoʻshimcha ma‘no yuklovchi qoʻshimchalardir. Masalan, gul soʻziga 
qoʻshilgan -lar qoʻshimchasi bu soʻzning ma‘nosi («oʻsimlik» ma‘nosi)ga koʻplik 
ma‘nosini qoʻshadi, natijada gul soʻziga -lar qoʻshilishidan (gul + lar) hosil boʻlgan 
gullar soʻzi «bir nechta oʻsimliklar» ma‘nosini bildiradi. Bunda shu jihatga e‘tibor 
berish kerakki, lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimcha qoʻshilganda soʻzning ma‘nosi 
butunlay oʻzgarib ketmaydi, balki oldingi ma‘no saqlanib, oʻsha ma‘noga qoʻshimcha 
ma‘no yuklanadi. Buni quyidagi jadvalda koʻrish mumkin: 
Soʻz 
Lugʻaviy shakl yasovchi 
qoʻshimchaning 
qoʻshilishi 
Soʻz 
Gul 
Gul + lar 
gullar 
«oʻsimlik» 
«oʻsimlik» + «koʻplik» 
«bir nechta oʻsimliklar» 
Jadvaldan koʻrinyaptiki, lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimcha qoʻshilgandan 
keyin ham oldingi ma‘no saqlanyapti, faqat avvalgi ma‘noga «bir nechta» degan 
koʻplik ma‘nosi qoʻshilyapti.
Soʻz yasovchi qoʻshimchalar bilan lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalarning 
farqi shundaki, soʻz yasovchi qoʻshimcha butunlay yangi ma‘no hosil qiladi, ya‘ni 
avvalgi ma‘noni batamom oʻzgartiradi. Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar esa 
oldingi ma‘noni oʻzgartirmaydi, balki uning ustiga qoʻshimcha ma‘no yuklaydi. 
Buni quyidagi jadvallarda aniqroq koʻrish mumkin: 
№ 
Soʻz 
Lugʻaviy shakl 
yasovchi 
qoʻshimchaning 
Soʻz 
Izoh 


69 
qoʻshilishi 

Gul 
Gul + lar 
gullar 
Gul soʻzidagi «oʻsimlik» 
ma‘nosi gullar soʻzida 
ham oʻzgarmasdan 
saqlangan, gullar soʻzi 
«bir nechta oʻsimliklar» 
ma‘nosini bildiradi. 
Gullar soʻzi oʻzining 
asosi gul soʻzi bilan bir xil 
– «oʻsimlik» ma‘nosini 
bildirgani uchun tub soʻz 
hisoblanadi. Chunki bu 
yerda yangi ma‘no hosil 
boʻlmay, oldingi ma‘no 
oʻz holicha saqlangan. 
Gul ham, gullar ham bitta 
narsani – oʻsimlikni 
bildiradi. -lar esa ma‘noni 
butunlay oʻzgartirmasdan 
unga qoʻshimcha ma‘no 
(koʻplik ma‘nosi) 
qoʻshgani uchun lugʻaviy 
shakl yasovchi 
qoʻshimcha hisoblanadi. 
«oʻsimlik» 
«oʻsimlik» + 
«koʻplik» 
«bir nechta 
oʻsimliklar» 

Kitob 
Kitob + cha 
Kitobcha 
Kitob soʻzidagi 
«varaqlardan tashkil 
topgan, muqovalangan 
oʻquv quroli» ma‘nosi 
kitobcha soʻzida ham 
oʻzgarmasdan saqlangan, 
kitobcha soʻzi 
«varaqlardan tashkil 
topgan, muqovalangan 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling