Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   310
6-mavzu: 
 MORFEMIKA
Reja: 
1. Morfemika haqida umumiy tushuncha. 
2. Asos va qoʻshimcha. 
3. Qoʻshimchalarning turlari. 
4. Soʻz tarkibida tartib. 
Tayanch tushunchalar: 
morfemika, asos, qoʻshimcha, soʻz yasovchi qoʻshimcha, lugʻaviy shakl 
yasovchi, sintaktik shakl yasovchi, munosabat shakllari, soʻz tartibi. 
 
 
1-misol.
1. Paxtakorlar → paxta-kor-lar; 
2. Tinchlikparvarlik → tin-ch-lik-parvar-lik 
3. Oʻqiyotganlarning → oʻqi-yotgan-lar-ning
Soʻzlar, yuqoridagi misoldan koʻrinib turganidek, ma‘lum tarkibiy qismlarga 
boʻlinadi va bu tarkibiy qismlar birlashib yaxlit soʻzni tashkil etadi. Soʻzning bunday 
qismlari morfemalar yoki ma‟noli qismlar deb ataladi. Demak, paxtakorlar soʻzi 


64 
uchta morfemadan (ma‘noli qismdan) tashkil topgan: paxta-kor-lar. Soʻzlarning eng 
kichik ma‘noli qismlarini, ya‘ni morfemalarni oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi 
morfemika deb ataladi. 
Soʻz tarkibi asos va qoʻshimchalardan iborat. 
Soʻzlarni morfemalarga boʻlish, soʻzlarni ma‘noli qismlarga boʻlish yoki 
soʻzlarni asos va qoʻshimchalarga ajratish deganda bitta hodisa tushuniladi. 
Soʻzlarni ma‘noli qismlarga boʻlishda bir qator qonuniyatlarga amal qilish 
kerak: 
1) Soʻzning tarkibida ma‟noli qism sifatida boʻlinayotgan morfemalar 
mazmunan bir-biri bilan bogʻliq, aloqador boʻlishi lozim. 
Bilimdon soʻzi bil-im-don tarzida uchta morfemaga boʻlinadi. Bunda 
boʻlinayotgan qismlarning har biri oldingisi yoki keyingisi bilan ma‘no jihatdan 
chambarchas bogʻliqdir, ya‘ni bilimdon bilim bilan bogʻliq: bilimi koʻp inson 
bilimdon boʻladi, bilim esa bil bilan bogʻliq: bilingan, oʻrganilgan narsa-hodisalar 
yigʻilib, bilim boʻladi. Terimchilik soʻzi esa ter-im-chi-lik tarzida toʻrtta ma‘noli 
qismga (morfemaga) ajraladi. Bu soʻzda ham morfemalar ma‘no jihatidan bir-biri 
bilan uzviy bogʻliq: terimchilik jarayoni boʻlishi uchun terimchi zarur, terimchi 
terimni amalga oshiruvchi shaxsdir, demak, terimchi terimdan kelib chiqadi, terim 
boʻlishi uchun terish lozim, shuning uchun terim ham terdan shakllangan. 
Ter-im-chi-lik 
Ter 
terimchi + lik 
Ter + im = terim 
terim + chi 
Terim + chi = terimchi 
ter + im 
Terimchi + lik = terimchilik 
ter 
Agar morfemalar oʻrtasida ana shunday ma‘noviy bogʻliqlik boʻlmasa, soʻz 
ma‘noli qismlarga boʻlinmaydi. Masalan, sevin (xursand boʻl) soʻzini sev-in tarzida 
ma‘noli qismga boʻlish mumkin emas, chunki sevin (xursand boʻl) va sev (yaxshi 
koʻr) fe‘llari mazmunan aloqador emas va umuman boshqa-boshqa ma‘nolarni 
bildiradi, demak, sevin soʻzi ma‘noli qismlarga boʻlinmaydi. Xuddi shunday holatni 
yopishqoq soʻzi misolida ham koʻrish mumkin. Bu soʻz yop-ish-qoq tarzida uchta 
morfemaga emas, yopish-qoq tarzida ikkita morfemaga boʻlinadi. Negaki yopishqoq 
soʻzi yopishishga moyil boʻlgan narsa belgisini bildiradi va yopishmoq (yopishib 
qolmoq) fe‘li bilan mazmunan aloqador, ya‘ni oʻsha fe‘ldan yasalgan. Ammo 
yopishmoq (yopishib qolmoq) fe‘li yopmoq (ochiq sathni yopiq holatga keltirmoq) 
fe‘li bilan ma‘noviy jihatdan bogʻliq boʻlmaganligi uchun yop-ish tarzida ma‘noli 
qismga boʻlinmaydi. 
Quyidagi jadvalga e‘tibor qiling: 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling