Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   310
sodda yasama soʻzlar deyiladi. 
Sher soʻziga yurak soʻzi qoʻshilib, sheryurak degan yangi soʻz yasaladi. Ikki va 
undan ortiq soʻzlarning bir-biriga qoʻshilishi natijasida yangi soʻz hosil boʻlishi 
kompozitsiya usulida soʻz yasalishi hisoblanadi. 
 
Yasama soʻzlar deyilganda har ikkala usul bilan yasalgan soʻzlar birgalikda 
tushuniladi. 
Sodda yasama soʻzlar deyilganda esa faqat affiksatsiya usuli vositasida 
yasalgan yasama soʻzlargina nazarda tutiladi. 
Tarkibi asos va yasovchi qoʻshimchalarga boʻlinmaydigan soʻzlar tub soʻzlar 
deyiladi. Masalan: tosh, temirga, quyoshimiz
Asosga soʻz yasovchi qoʻshimchalar qoʻshilishi orqali hosil qilingan yangi asos 
sodda yasama soʻzlar deyiladi. Masalan: toshloq, temirchi, temirchilik, serquyosh
Soʻz yasovchi qoʻshimchalar yordamida yangi soʻz yasalganda soʻz yasalishi 
jarayoni doimo ikki qismdan tashkil topadi: 


78 
1) Yasashga asos; 
2) Yasovchi vosita. 
Yasashga asos va yasovchi vosita qoʻshilib yasama soʻzni hosil qiladi:
yasashga asos + yasovchi vosita = yasama soʻz. 
Quyidagi jadvalga e‘tibor bering: 
Soʻzning yasalish tuzilishi 
Yasashga asos 
Yasovchi vosita 
Yasama soʻz 
temir 
-chi 
temirchi 
bugʻdoy 
-zor 
bugʻdoyzor 
oʻt 
-loq 
oʻtloq 
Yasashga asos qism deyilganda biror yasama soʻz qaysi soʻzdan yasalgan 
boʻlsa, oʻsha qism tushuniladi. Masalan, temirchi soʻzi temir soʻzidan yasalgan
demak, temirchi soʻzining yasashga asos qismi (yasalish asosi) temir soʻzi 
hisoblanadi yoki siniq soʻzi sin fe‘lidan yasalgan, demak, siniq soʻzining yasashga 
asos qismi (yasalish asosi) sin fe‘lidir. 
ESLATMA: Kitobxon soʻzi kitob soʻzidan yasalgan degani kitobxon soʻzining 
yasalish asosi kitob deganidir yoki, aksincha, kitobxon soʻzining yasalish asosi kitob 
soʻzi degani Kitobxon soʻzi kitob soʻzidan yasalgan deganidir. Ya‘ni bu ikki jumla bir 
hodisani anglatadi. 
Yasovchi vosita deganda esa soʻz yasovchi qoʻshimcha nazarda tutiladi. 
Yangi soʻz yasalganda yasashga asos qism va yasama soʻz ma‘no jihatidan 
bogʻliq boʻlishi lozim. Qachonki, yasama deb qaralayotgan soʻz yasalishiga asos 
boʻlgan soʻz bilan mazmunan aloqador boʻlsagina, yasama soʻz deb hisoblanadi. 
Masalan, ishchi soʻzi yasama boʻlib, oʻzining yasalishiga asos boʻlgan ish soʻzi bilan 
ma‘noviy bogʻliqdir. Chunki ish «yumush» ma‘nosini bildirsa, ishchi «yumushni 
bajaruvchi shaxs» ma‘nosini bildiradi va har ikki soʻzni «yumush» ma‘nosi bogʻlab 
turadi. Agar bogʻliqlik boʻlmasa, yasama soʻz hisoblanmaydi. Shu jihatdan oʻyin 
soʻzini oʻy soʻzidan yasalgan deb boʻlmaydi, negaki «oʻyin» va «oʻy-xayol» oʻrtasida 
hech qanday bogʻliqlik yoʻq. Quyidagi jadvalga e‘tibor bering: 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling