Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   310
Soʻz 
Yasama / Tubligi 
Izoh 
Qarsak 
Yasama: qars + ak 
Qarsak soʻzi qars-qars 
soʻzi bilan bogʻliq. Qars-
qars ovozlar yigʻindisi 
qarsakni hosil qiladi. 
Bilak 
Tub: bilak 
Bilak soʻzi bil (bilmoq) 
soʻzi bilan bogʻliq emas. 
Tepki 
Yasama: tep + ki 
Tepki soʻzi tep (tepmoq) 
soʻzi bilan bogʻliq. Tepish 
holati (zarbi) tepki 
hisoblanadi. 
Eski 
Tub: eski 
Eski (oldingi, qadimiy) 


79 
soʻzi es (xotira) soʻzi bilan 
bogʻliq emas. 
Soʻzni yasashga asos va yasovchi vositaga ajratish soʻzning yasalish tuzilishi 
hisoblanadi. Masalan: gulzorlar → gul + zor; kiyimingni → kiy + im; bilimdonlik 
→ bilimdon + lik. 
Soʻzni ma‘noli qismlar (morfemalar)ga ajratish esa soʻzning morfemik tuzilishi 
deyiladi. Masalan: gulzorlar → gul-zor-lar; kiyimingni → kiy-im-ing-ni; bilimdonlik 
→ bil-im-don-lik. 
Soʻzning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Bu 
farqlanishlarni quyidagi jadvalda koʻrishimiz mumkin: 
№ 
Soʻzning yasalish tuzilishi 
(yasashga asos va yasovchi vositaga 
boʻlinishi) 
Soʻzning morfemik tuzilishi 
(ma‟noli qismlarga – morfemalarga 
boʻlinishi) 

Soʻz yasalish tuzilishi boʻyicha doimo 
faqatgina ikki qismga boʻlinadi: 
a) yasashga asos; 
b) yasovchi vosita. Masalan:
bilim + don; 
quvonch + li; 
terimchi + lik. 
Soʻz morfemik tuzilishi boʻyicha 
tarkibida nechta ma‘noli qism boʻlsa, 
shuncha qismga boʻlinadi. Masalan: 
bil-im-don; 
quvon-ch-li; 
ter-im-chi-lik. 

Soʻzning yasalish tuzilishida faqat 
yasashga asos qism va soʻz yasovchi 
qoʻshimchagina 
inobatga 
olinadi. 
Qoʻshimchalarning boshqa turlari – 
sintaktik va lugʻaviy shakl yasovchilar 
tashlab yuboriladi. Masalan:
kitobxonlarimizni → kitob + xon. 
Bunda kitob – yasashga asos; -xon – 
soʻz yasovchi qoʻshimcha; -lar, -imiz va 
-ni qoʻshimchalari lugʻaviy va sintaktik 
shakl yasovchilar boʻlganligi uchun 
tashlab yuborildi.
Terimchilarning → terim + chi; 
Ishladik → ish + la. 
gulzordagi → gul + zor.
Soʻzning morfemik tuzilishida esa 
asos 
va 
barcha 
qoʻshimchalar 
inobatga olinadi va sanaladi. Masalan: 
 
 
kitobxonlarimizni kitob-xon-lar-
imiz-ni; 
 
 
 
 
 
Terimchilarning → ter-im-chi-lar-
ning 
Ishladik → ish-la-di-k 
gulzordagi → gul-zor-dagi 

Agar yasama soʻz tarkibida ikki va 
undan ortiq soʻz yasovchi qoʻshimcha 
ishtirok etsa, eng oxirgisi yasovchi 
vosita hisoblanadi, undan oldingi soʻz 
yasovchi(lar) esa yasashga asos qism 
tarkibiga kiradi. Masalan: 


80 
bilimdon → bilim + don. 
Ushbu soʻzning tarkibida ikkita soʻz 
yasovchi qoʻshimcha mavjud: -im va -
don. Ammo yaxshi bilasizki, soʻz 
yasalishi doimo ikki qismga boʻlinadi, 
shu sababli bu soʻzda eng oxirgi 
qoʻshilgan soʻz yasovchi qoʻshimcha
-don yasovchi vosita sanaladi, undan 
oldin qoʻshilgan -im esa yasashga asos 
tarkibiga 
kiradi. 
Demak, 
bilimdon 
soʻzining yasalish asosi bil emas, bilim 
soʻzidir, ya‘ni bilimdon soʻzi bil dan 
emas, bilim dan yasalgan. 
terimchilik → terimchi + lik.  
Bu soʻzda uchta yasovchi qoʻshimcha 
bor: -im, chi, -lik; eng oxirgisi -lik 
yasovchi vosita boʻladi, qolganlari esa 
yasashga asos tarkibiga kiradi. 
Soʻzning yasalish asosi va asosi ham bir-biridan farqlanadi. Bu farqlarni 
quyidagi jadvalda koʻrishimiz mumkin: 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling