Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   310

Juft
Baxt-saodat + li 
Baxt-saodatli soʻzining yasalish asosi 
baxt-saodat juft soʻz hisoblanadi. Demak, 
baxt-saodatli juft soʻzdan yasalgan yasama 
soʻzdir. 

Takror 
Chiy-chiy + la 
Chiychiylamoq soʻzining yasalish asosi 
chiy-chiy takror soʻz hisoblanadi. Demak, 
Chiychiylamoq takror soʻzdan yasalgan 
yasama soʻzdir. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Morfema qanday til birligi sanaladi? 
2. Morfemaning qanday turlari mavjud? 
3. Asos deganda soʻzning qanday xususiyatli qismi tushuniladi? 
4. Qoʻshimchalarning turlarini sharhlang. 
5. Asosga qoʻshimchalarning qoʻshilish tartibi haqida soʻzlab bering. 
Adabiyotlar: 
1. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek tili. T.: Universitet, 2011. 
2. Ўзбек тили грамматикаси. 1-қисм. – Т.: «ФАН», 1975. 
3. Hojiyev A. O'zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so'z yasalishining 
nazariy masalalari. – T.: 2010. 
3. Hojiyev A. Hozirgi o'zbek tilida forma yasalishi. – T.: 1979. 
4. Hojiyev A. O'zbek tili so'z yasalishi tizimi. – T.: 2007. 
7-mavzu: 
SOʻZ TURKUMLARI 
 
Reja: 
1. Soʻz turkumlari va turkumlanish masalasi. 
2. Fe‘l soʻz turkumi. Fe‘lning ma‘nosi va grammatik belgilari. 
3. Fe‘l nisbatlari. 
4. Fe‘lning vazifaviy shakllari. 
5. Fe‘l yasalishi (derivatsiyasi). 
6. Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasi. 
7. Fe‘lning munosabat shakllari. 


83 
Tayanch tushunchalar: 
turkumlanish, fe‟l, oʻtimli-oʻtimsizlik, nisbat, fe‟lning vazifa shakllari, sof fe‟l, 
harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, yetakchi fe‟l, koʻmakchi fe‟l, shaxs-son, zamon, 
mayl. 
 
So‗zlarning so‗rog‗i va qanday umumlashgan ma‘no ifodalashiga ko‗ra 
guruhlarga bo‗linishi so„z turkumlari hisoblanadi. 
So‗z turkumlari ma‘no va vazifasiga ko‗ra quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 1. 
Mustaqil so‗zlar (fe‘l, ot, sifat, son, olmosh, ravish). 2. Yordamchi so‗zlar 
(ko‗makchi, bog‗lovchi, yuklama). 3. Alohida olingan so‗zlar (undov so‗zlar, taqlid 
so‗zlar, modal so‗zlar). 
Soʻzlarni turkumlarga ajratishda quyidagi uch jihat e‘tiborga olinadi: 
1) Soʻzning atash (lugʻaviy) ma‘no ifodalashi yoki ifodalamasligi va biror 
soʻroqqa javob boʻlishi yoki boʻlmasligi; 
2) Soʻzning ma‘lum grammatik shakllarga ega yoki ega emasligi; 
3) Soʻzning gapda sintaktik vazifa bajara olish yoki olmasligi. 
Mazkur xususiyatlarga koʻra soʻz turkumlari yuqoridagidek uch guruhga 
boʻlinadi. 
Ma‘lum bir so‗roqqa javob bo‗lib, atash (lugʻaviy) ma‘noga ega boʻlgan va 
biror gap bo‗lagi vazifasida keladigan so‗zlar mustaqil so„zlar sanaladi: fe‘l, ot, sifat, 
son, olmosh va ravishlar mustaqil so‗zlardir. 
Ma‘lum soʻroqqa javob bermaydigan, atash ma‘nosiga ega boʻlmay, faqat 
grammatik ma‘no ifodalaydigan, gapda yakka oʻzi sintaktik vazifa bajara olmaydigan 
soʻzlar yordamchi soʻzlar hisoblanad: koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama yordamchi 
soʻzlardir. Yordamchi soʻzlar soʻz va gaplarni bogʻlash, shuningdek, ularning ustiga 
qoʻshimcha ma‘no yuklash kabi vazifalarni bajaradi. 
Mustaqil soʻzlarga ham, yordamchi soʻzlarga ham kirmaydigan, ularning har 
ikkisiga xos boʻlgan belgilarni oʻzida ma‘lum darajada umumlashtirib aks ettiradigan 
oraliqdagi soʻzlar alohida olingan soʻzlar sanaladi: undov, taqlid va modal soʻzlar 
alohida olingan soʻzlardir. 
FE‟L 
Nima qilmoq?, nima bo„lmoq? so‗roqlariga javob bo‗lib, shaxs yoki 
narsalarning harakat, holatini ifodalagan so‗z turkumi fe‟l deyiladi. 
Fe‘llardan anglashilgan harakat va holat ma‘lum shaxs yoki narsa tomonidan 
bajariladi. Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi sanaladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling