84
HARAKAT VA HOLAT FE‟LLARI
Fe‘llar nimani atab kelishiga ko‗ra harakat fe‘llari va holat fe‘llariga bo‗linadi.
Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro‗y bergan harakatni
bildiruvchi fe‘llar
harakat fe‟llari hisoblanadi. Shaxslarning
ichki kechinmalari va
narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‗tish jarayonini ifodalovchi fe‘llar esa
holat fe‟llari sanaladi.
2-misol.
Yugurmoq, ishlamoq, termoq,
tashlamoq, kuylamoq, chopmoq, sug‗ormoq,
gapirmoq, qichqirmoq, qaytarmoq – harakat fe‘llari;
Sevmoq, quvonmoq,
his qilmoq, ishonmoq, qoʻrqmoq, o‗ylamoq,
fikrlamoq
(shaxslarning ichki kechinmalari) – holat fe‘llari;
Ulgʻaymoq (kichik holatdan katta holatga oʻtish), qizarmoq (ma‘lum rangdan
qizil rang holatiga oʻtish), qotmoq (boʻsh holatdan qattiq holatga oʻtish), boʻshamoq
(qattiq holatdan boʻsh holatga oʻtish), muzlamoq (suyuq
holatdan qattiq holatga
oʻtish), erimoq (qattiq holatdan suyuq holatga oʻtish), pishmoq (xom holatdan pishiq
holatga oʻtish), uxlamoq (uygʻoq holatdan uyqu holatiga oʻtish) – holat fe‘llari.
OʻTIMLI VA OʻTIMSIZ FE‟LLAR
Tushum kelishigidagi so‗zlar bilan bog‗lanadigan fe‘llar
o„timli fe‟llar, bunday
xususiyatga ega bo‗lmagan fe‘llar
o„timsiz fe‟llar sanaladi.
Oʻqimoq fe‘li tushum kelishigidagi soʻz bilan bogʻlana oladi, ya‘ni
kitobni
oʻqimoq deyish mumkin yoki
termoq fe‘li ham tushum kelishigidagi soʻz
bilan
bogʻlana oladi,
paxtani termoq desa boʻladi, shuning uchun bu fe‘llar oʻtimli
fe‘llardir.
Yurmoq va
uxlamoq fe‘llari tushum tushum kelishigidagi soʻzlar bilan
bogʻlana olmaydi:
yoʻlni yurmoq, uyquni uxlamoq deb qoʻllab boʻlmaydi. Shu sababli
bu fe‘llar oʻtimsiz fe‘llar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: