Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   310
FE‟L NISBATLARI 
Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini 
bildiruvchi fe‘l shakllari nisbat shakllari sanaladi. Masalan, supurdi fe‘lida supurish 
harakatini bajaruvchi shaxs aniq, supurildi fe‘lida noaniq, supurishdi fe‘lida birdan 
ortiq, supurtirdi fe‘lida esa harakat boshqa shaxs vositasida bajarilgani ifodalangan. 
Nisbat shakllari fe‘lning asos qismidan keyin qo‗shiladi. Fe‘l 5 ta nisbat 
shakliga ega: 1) aniq nisbat; 2) o‗zlik nisbati; 3) orttirma nisbat; 4) majhul nisbat; 5) 
birgalik nisbati. 
ANIQ NISBAT 
Bajaruvchisi aniq bo‗lgan harakat yoki holatni bildirgan fe‘l shakli aniq nisbat 
deyiladi. 
4-misol. 
Yigit ishladi, oʻquvchi yozdi, qiz hovlini supurdi, bola uygʻondi, it hurdi. 
Aniq nisbat hech qanday vositalarsiz ifodalanadi va fe‘lning bosh nisbati 
hisoblanadi, boshqa barcha nisbatlar aniq nisbatdagi fe‘llarga ma‘lum 
qoʻshimchalarni qoʻshish orqali hosil qilinadi. Aniq nisbatdagi fe‘llarning 
bajaruvchisi aniq boʻladi va gapning egasi orqali ifodalanadi. Masalan: Shoira 
kiyimlarini yuvdi gapida yuvish harakati Shoira tomonidan bajarilgan va u gapda ega 
vazifasida kelgan.
OʻZLIK NISBATI 
Bajaruvchining o‗zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni 
ifodalaydigan fe‘l shakli o„zlik nisbati deyiladi. O‗zlik nisbati shakli fe‘l asosiga -(i)n, 
-(i)l qo‗shimchalarining qo‗shilishi bilan hosil bo‗ladi. 
Unli bilan tugagan fe‘l asosiga o‗zlik nisbatining -n yoki -l; undosh bilan 
tugagan fe‘l asosiga esa -in yoki -il qo‗shimchalari qo‗shiladi. 
 
5-misol. 
 
 tarandi, kiyindi, sezindi, yuvindi, tugʻildi, koʻrindi. 


86 
Aniq nisbatdagi fe‘llarda ham, oʻzlik nisbatdagi fe‘llarda ham harakatni 
bajaruvchi shaxs yoki narsa aniq boʻladi. Faqat aniq nisbatdagi fe‘llarda bajaruvchi 
va obyekt alohida-alohida boʻlsa, oʻzlik nisbatdagi fe‘llarda bajaruvchi va obyekt 
bitta boʻladi. Masalan: Shoira kiyimlarini yuvdi gapidagi yuvdi fe‘li aniq nisbatda 
boʻlib, bajaruvchi (Shoira) va obyekt (kiyimlarini) alohida-alohidadir. Shundan kelib 
chiqib aytish mumkinki, aniq nisbatdagi fe‘llarda bajaruvchi harakat-holatni boshqa 
narsaning ustida bajaradi, yuqoridagi gapda ham bajaruvchi Shoira yuvish harakatini 
boshqa narsaning – kiyimning ustida bajargan, ya‘ni kiyimni yuvgan. Oʻzlik 
nisbatdagi fe‘llarda esa butkul boshqacha holat kuzatiladi. Masalan: Shoira yuvindi 
gapida bajaruvchi shaxs – Shoira harakatni oʻzining ustida bajargan, ya‘ni boshqa 
narsani emas, oʻzini yuvgan. Bunda bajaruvchi ham Shoira (chunki Shoira yuvgan), 
obyekt ham Shoira (chunki yuvish harakati Shoiraning oʻzining ustida bajarilgan
Shoira yuvilgan). 
Taqqoslang: 
1) Sodiq ukasini qiynadi.
Qiynadi – aniq nisbatda. Bajaruvchi Sodiq harakat-holatni boshqa shaxsning – 
ukasining ustida bajargan. Bu gapda bajaruvchining oʻzi emas, boshqa shaxs – ukasi 
qiynalgan.
 
Sodiq – bajaruvchi, ukasi – obyekt, qiynadi – harakat-holat. 
2) Sodiq vijdon azobida qiynaldi.
Qiynaldi – oʻzlik nisbatda. Bajaruvchi Sodiq harakat-holatni boshqa shaxsning 
emas, oʻzining ustida amalga oshirgan, oʻzi qiynalgan.
Sodiq – bajaruvchi, Sodiq – obyekt, qiynaldi – harakat-holat. 
3) Oʻqituvchi oʻquvchilarni maqtadi.
Maqtadi – aniq nisbatda. Bajaruvchi – oʻqituvchi boshqalarni – oʻquvchilarni 
maqtagan. 
Oʻqituvchi – bajaruvchi, oʻquvchilarni – obyekt, maqtadi – harakat-holat. 
4) Oʻqituvchi maqtandi.
Maqtandi – oʻzlik nisbatda. Oʻqituvchi oʻzini maqtagan. 
Oʻqituvchi – bajaruvchi, oʻqituvchi – obyekt, maqtandi – harakat-holat. 
 
Ayrim fe‘llardan oʻzlik nisbatini hosil qilib boʻlmaydi. Masalan: oʻqimoq, 
yozmoq, uxlamoq, uygʻonmoq, kulmoq, ichmoq kabi. Bu fe‘llar oʻzlik nisbatda 
qoʻllanmaydi: oʻqindi, yozindi, ichindi deb boʻlmaydi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling