Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   310
SIFATDOSH 
 
Fe‘lning sifatga xoslangan shakli sifatdosh deyiladi. Sifatdoshlar fe‘l asoslariga 
-gan (-kan, -qan), -ydigan (-adigan ), -(a)yotgan, -(a)r qo‗shimchalarini qo‗shish 
yo‗li bilan hosil qilinadi. 
Sifatdoshlar shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan sifatga o‗xshaydi. 
Sifatlar shaxs va narsaning turg‗un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar 
o‗zgarish, harakat belgisini ifodalaydi. Solishtiring: katta (sifat) daryo, oqar 
(sifatdosh) daryo
5-misol. 
Ishlagan (kishi), kelayotgan (mashina), o‗sadigan (nihol), tiktirgan (ko‗ylak), 
o‗rilgan (soch). 
Sifatdoshlar fe‘l boʻlsa ham, sifatga xos ma‘no ifodalaydi va sifat bajargan 
vazifalarni bajaradi. Shuning uchun sifatdoshlarda ham fe‘lga, ham sifatga xos 
xususiyatlar umumlashadi. 
1) Sifatdoshning fe‟lga xos xususiyatlari: 
a) fe‘lga xos zamon ma‘nosini ifodalay oladi. (Bu haqida quyida alohida 
toʻxtalinadi) 
b) nisbat shakllarini qabul qiladi va nisbat ma‘nosini ifodalay oladi: Masalan: 
oʻqigan (aniq nisbatda), oʻqitgan (orttirma nisbatda), oʻqilgan (majhul nisbatda), 
oʻqishgan (birgalik nisbatda) 
d) fe‘lga xos boʻlishli-boʻlishsizlik ma‘nosini ifodalay oladi. Sifatdoshning 
boʻlishsizlik shakli fe‘l asoslariga -ma yoki -mas qoʻshimchalarini qoʻshish orqali 
hosil qilinadi. (Bu haqida quyida alohida toʻxtalinadi) 
2) Sifatdoshning sifatga xos xususiyatlari: 
a) sifatning soʻroqlariga ham javob boʻlib, predmetning belgisini bildiradi. 
Masalan: oʻqiyotgan (qanday?) bolaoʻsadigan (qanaqa?) daraxt
b) sifat bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan: Ishlayotgan xonamiz 
keng va shinam edi. (sifatlovchi aniqlovchi); Ular kecha qaytgan ekan. (kesim) 


95 
d) sifatlar kabi sifatdoshlar ham otlashadi. (Bu haqida quyida alohida 
toʻxtalinadi) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling