Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
) Harakat nomining fe‟lga xos xususiyatlari
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) Harakat nomining otga xos xususiyatlari
1) Harakat nomining fe‟lga xos xususiyatlari:
a) fe‘lga xos boʻlishli-boʻlishsizlik ma‘nosini ifodalay oladi. Harakat nomining boʻlishsizlik shakli fe‘l asoslariga -maslik qoʻshimchasini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Masalan: oʻqish – oʻqimaslik, yozish – yozmaslik. b) nisbat shakllarini qabul qiladi va nisbat ma‘nosini ifodalay oladi: Masalan: kiyish (aniq nisbatda), kiyinish (oʻzlik nisbatda), kiydirish (birgalik nisbatda), kiyilish (majhul nisbatda). 2) Harakat nomining otga xos xususiyatlari: a) otning ma‘nosini bildiradi va otga xos soʻroqlarga javob boʻla oladi. Masalan: oʻqish, yozish, suzuv – nima? b) otga xos egalik, kelishik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul qiladi va turlanadi. Masalan: Oʻqishlaring yaxshimi? U borishni ham, bormaslikni ham bilmay turib qoldi. d) otga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan: Chiroyli yozish ham san‟at (ega); Maqsadim – a‟lo oʻqish. (ot kesim); Erta turishning foydasi koʻp. (aniqlovchi); Bu kitobni oʻqishni bugundan boshlayman. (toʻldiruvchi); Uyga qaytishimda uchrashib oʻtaman. (hol) Harakat nomi fe‘lga xos boʻlgan zamon, shaxs-son, mayl qoʻshimchalarini qabul qilmaydi va bu ma‘nolarni ifodalamaydi. Shuning uchun fe‟lning noaniq shakli hisoblanadi. Masalan: oʻqish, yozish kabi soʻzlarda hech qanday zamon, shaxs-son, mayl ma‘nosi mavjud emas. Harakat nomining -(i)sh qoʻshimchasi birgalik nisbatining -(i)sh qoʻshimchasi bilan shakldosh hisoblanadi va ular quyidagicha farqlanadi: 94 1) Harakat nomi fe‘lning noaniq shakli hisoblangani uchun unga zamon, shaxs- son, mayl qoʻshimchalari qoʻshilmaydi. Harakat nomi oʻzidan keyin yo hech qanday shakl olmaydi, yo otga xos egalik, kelishik, koʻplik shakllari qoʻshiladi. Masalan: oʻqish, oʻqishing, oʻqishni, oʻqishlari. 2) Birgalik nisbat shaklidan keyin doimo zamon, shaxs-son, mayl shakllaridan birortasi qoʻshilib keladi. Masalan: oʻqishdi, oʻqishyapti, oʻqishadi, oʻqishsin, oʻqishsa. 4-misol. Harakat nomlarining tagiga chizilgan. 1. Vatanni sevish, uning kelajagi uchun qaygʻurish barchamizning burchimizdir. 2. Birovlarning gapini zimdan tinglash odobdan emas. (S. Anorboyev) 3. Erta bahorda daraxt ekish, yerlarni yumshatish bizning eng yaxshi odatimizdir. 4. Bu Vatanni jon bilan saqlashga, Cho‗lpon, hozir o‗l. Kimki qasd qilsa anga, kiysin pushaymondin kafan! (Cho„lpon) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling