Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
SIFATDOSHNING BO„LISHLI VA BO„LISHSIZ
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
SIFATDOSHNING BO„LISHLI VA BO„LISHSIZ
SHAKLLARI Sifatdoshning bo‗lishsiz shakli sifatdosh hosil qiluvchi qo‗shimchalardan oldin -ma qo‗shimchasini keltirish orqali yasaladi. Masalan: aytgan – aytmagan, oqayotgan – oqmayotgan, o„qiydigan – o„qimaydigan. -(a)r qo‗shimchasi yordamida yasalgan shakllarning bo‗lishsiz shakli -mas qo‗shimchasi yordamida hosil qilinadi. Masalan: qaytar – qaytmas. 9-misol. Oʻsgan – oʻsmagan, ishlayotgan – ishlamayotgan, keladigan – kelmaydigan, oqar – oqmas. SIFATDOSHLARNING OTLASHISHI Sifatdoshlar ham sifatlar kabi otga bogʻlanib, uning belgisini bildiradi. Ba‘zan sifatdosh bogʻlangan ot tushib qolib, uning ma‘nosi, vazifasi va qoʻshimchalari sifatdoshga oʻtadi va sifatdoshlar otlashadi. Masalan: 1) Duo olgan odam omondir, Qarg„ish olgan odam yomondir. – Duo olgan omondir, Qarg„ish olgan yomondir. 2) Ayrilgan odamni ayiq yer, boʻlingan odamni boʻri yer. – Ayrilganni ayiq yer, boʻlinganni boʻri yer. 3) Maqtangan kishining uyiga bor, kerilgan kishining toʻyiga bor. – Maqtanganning uyiga bor, kerilganning toʻyiga bor. 4) Kitob oʻqiyotgan paytimda hech narsani eshitmayman. – Kitob oʻqiyotganimda hech narsani eshitmayman. Sifatdoshning -ar shakli va orttirma nisbatning -ar shakli oʻzaro shakldosh qoʻshimchalar hisoblanadi. Ular bir-biridan quyidagicha farqlanadi: 1) Sifatdoshning -ar shakli qoʻshilgan fe‘llar koʻpincha gumon ma‘nosini bildiradi. Masalan: Balki, ular ertaga qaytar. Orttirma nisbatning -ar shakli qoʻshilgan fe‘llar esa buyruq, da‘vat ma‘nosini ifodalaydi va tushum kelishigidagi soʻzlarga bogʻlanadi. Masalan: Ularni ertaga ortga qaytar. 2) Sifatdoshning -ar shaklidan soʻng fe‘lga zamon va vazifa shakllari (harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh qoʻshimchalari) hech qachon qoʻshilmaydi. Undan soʻng toʻliqsiz fe‘llar kelishi mumkin, ba‘zan esa toʻliqsiz fe‘llar qisqargan holda qoʻshiladi. Masalan: Ular uyga qaytar ekan (qaytarkan) / qaytar emish (qaytarmish) / qaytar edi (qaytardi). Orttirma nisbatning -ar shaklidan soʻng fe‘lga zamon va vazifa shakllari (harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh qoʻshimchalari) qoʻshilib keladi.Masalan: Ular 97 bolalarni ortga qaytaryapti / qaytarmoqda / qaytaradi. Ular bolalarni ortga qaytarishga kelishishdi. Ular bolalarni ortga qaytarib, toʻgarakka berishmoqchi. RAVISHDOSH Fe‘lning ravishga xoslangan shakli ravishdosh deyiladi. Ravishdoshlar harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o‗xshaydi. Ravishdosh ham ravish kabi fe‘lga bog‗lanib, uning belgisini bildiradi. Solishtiring: piyoda (ravish) keldi, shoshilib (ravishdosh) keldi. 10-misol. Ravishdoshlarning tagiga chizilgan. 1. Sochlarimni silab-siypalab, Baxting bor deb esadi yellar. (Hamid Olimjon) 2. Bolta tushguncha, to‗nka dam olar. (Maqol) 3. Tong otgach, yo‗lga tushdik. Ravishdoshlar fe‘l boʻlsa ham, ravishga xos ma‘no ifodalaydi va ular bajargan vazifalarni bajaradi. Shuning uchun ravishdoshlarda ham fe‘lga, ham ravishga xos xususiyatlar umumlashadi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling