Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   310
Koʻmakchi fe‟l – oʻzidan oldingi yetakchi fe‘lga qoʻshilib, uning ma‘nosiga 
qoʻshimcha ma‘no qoʻshadigan fe‘l. Masalan: oʻqib chiqdi, oʻqib yotibdi. 
yetakchi fe‟l + koʻmakchi fe‟l = koʻmakchi fe‟lli soʻz qoʻshilmasi / oʻqib + chiqdi 
= oʻqib chiqdi  
Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasida asosiy ma‘no yetakchi fe‘ldan 
anglashiladi, koʻmakchi fe‘llar esa oʻz mustaqil ma‘nosini yoʻqotib, boshqa ma‘noda 
qoʻllaniladi. Masalan, oʻqib chiqdi koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasida asosiy ma‘no 
«oʻqimoq» ma‘nosi boʻlib, u yetakchi fe‘l – oʻqib dan anglashilgan, koʻmakchi fe‘l 


99 
boʻlgan chiqdi esa oʻz ma‘nosida, ya‘ni bir joydan ikkinchi joyga chiqish ma‘nosida 
emas, boshqa (koʻchma) ma‘noda – harakatning yakunlanishi ma‘nosida qoʻllangan. 
Oʻqib yotibdi fe‘lida ham yotibdi koʻmakchi fe‘li oʻzining asl ma‘nosi – yotish 
ma‘nosida emas, harakatning davom etayotganligi ma‘nosini ifodalagan. E‘tibor 
bering: 
1) Anvar kitobni oʻqib chiqdi. (oʻqigan, lekin chiqmagan; kitobni toʻliq oʻqib 
tugatgan); 
2) Botir yaqinda boʻladigan imtihonlarga tayyorlanib yotibdi. (tayyorlangan, 
lekin yotmagan; Botir imtihonlarga yotib tayyorlanmayapti, balki tayyorlanishi 
davom etyapti); 
3) Shodiya arab alifbosini ham oʻqiy oladi. (oʻqiydi, lekin hech narsani 
olmaydi; Shodiya arab alifbosini ham oʻqish imkoniyatiga ega). 
Ravishdoshning -a // -y, -(i)b shakllariga qo‗shilib, o‗z mustaqil ma‘nolarini 
yo‗qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, 
tugallanishi) va tarzi (tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq, 
turmoq, chiqmoq singari fe‘llar ko„makchi fe‟llar hisoblanadi. 
Ko‗makchi fe‘lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe‘l hisoblanadi. 
Ko‗makchi fe‘l faqat yetakchi fe‘l bilan birgalikda qo‗llanadi. Ana shu xususiyati 
bilan mustaqil qo‗llanuvchi olmoq (xatni olmoq), tugatmoq (o„qishni tugatmoq), 
turmoq (o„rnidan turmoq), tashlamoq (qog„oz tashlamoq) fe‘llaridan farq qiladi. 
Oʻzbek tilida koʻmakchi fe‘l vazifasini bajaradigan maxsus fe‘llar yoʻq. 
Mustaqil fe‘llarning oʻzi yetakchi fe‘lga qoʻshilib, koʻmakchi fe‘l vazifasida 
kelaveradi. Shuning uchun bir fe‘lning mustaqil fe‘l yoki koʻmakchi fe‘l vazifasida 
kelayotganligini farqlash lozim. Agar fe‘l oʻz ma‘nosida qoʻllangan boʻlsa mustaqil 
fe‘l, koʻchma ma‘noda qoʻllangan boʻlsa koʻmakchi fe‘l deb qaraladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling