Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
SIFATDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOZIRGI VA KELASI ZAMON SIFATDOSHLARI
SIFATDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI.
O„TGAN ZAMON SIFATDOSHI Sifatdoshlar fe‘l shakli bo‗lganligi uchun fe‘lga xos bo‗lgan zamon, bo‗lishli- bo‗lishsizlik, nisbat ma‘nolarini ifodalaydi. Sifatdoshning -gan (-kan, -qan) qo‗shimchasi shaxs-narsalarning o‗tgan zamonga xos harakat belgisini ifodalaydi. Bu qo‗shimcha unli bilan tugagan fe‘l asoslariga qo‗shilib, -gan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi (o„qigan, yashagan kabi). Jarangsiz undosh bilan tugagan fe‘l asoslariga qo‗shilib, -kan holida talaffuz qilinsa ham, -gan yoziladi (ko„chgan, o„sgan kabi). Jarangsiz q undoshi bilan tugagan fe‘l asoslariga qo‗shilganda, -qan, k undoshi bilan tugagan fe‘l asoslariga qo‗shilganda, -kan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi (tiq – tiqqan, tik – tikkan). Jarangli g„ undoshi bilan tugagan fe‘l asoslariga qo‗shilganda, -qan holida talaffuz qilinsa ham -gan yoziladi (tug„ – tug„gan). 6-misol. Oʻtgan zamon sifatdoshlarining tagiga chizilgan. 1. Aytilgan so‗z – otilgan o‗q. 2. Og‗izdan chiqqan so‗z qaytmas. 3. Kishining o‗zi yetmagan yerga so‗zi yetar. 4. Egilgan boshni qilich kesmas. HOZIRGI VA KELASI ZAMON SIFATDOSHLARI Hozirgi zamon sifatdoshi fe‘l asoslariga -(a)yotgan qo‗shimchasini qo‗shish bilan yasaladi. Masalan: oʻqiyotgan, borayotgan. Kelasi zamon sifatdoshi fe‘l asoslariga -ydigan, -adigan, -(a)r qo‗shimchalarini qo‗shish bilan yasaladi. Masalan: oʻqiydigan, boradigan, oqar, oʻqir. 7-misol. Hozirgi zamon sifatdoshlarining tagiga chizilgan. 1. Endigina ko‗tarilib kelayotgan oy sarg‗ish nurlar sochib, tun qo‗ynida mudrayotgan pastqam uylarning tomlarini, daraxtlarning yalang‗och novdalarini yoritib turardi. (X. To‗xtaboyev) 2. Chuqur ariqdan toyimni sug‗orib chiqayotganimda bir to‗da uloqchi-chavandozlar uchrab qoldilar. (A. Qodiriy) 3. ...Jimirlab oqayotgan daryo bo‗yiga borib, yuz-qo‗llarini yuvib, birikki qultum suv ichishdi. (Mirmuhsin) 4. Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko‗tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi. (O‗. Hoshimov) 8-misol. Kelasi zamon sifatdoshlarining tagiga chizilgan. 1. Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, opa, – dedi Kamol astoydil kuyunib, – sha‘ningizga dog‗ tushiradigan bunaqa ishlarga izn bermang. (E. Usmonov) 2. Shanbada to‗y keladigan, el-yurtga osh beriladigan bo‗lgani uchun erta tongdanoq hovli gavjum edi. (O. Yoqubov) 3. Eshon otasining vasiyatiga amal qilib, to‗rdan joy tegmaydigan, poygakda choy tegmaydigan bir odam bo‗lib yetishibdi. (Abdulla Qahhor) 4. Bo‗ladigan savdoning tezroq bo‗lgani yaxshi. (N. Normatov) 5. Mana 96 endi, Sobirjon o‗g‗lim, ishlab, ro‗zg‗orga qarashadigan vaqtingiz bo‗ldi. (Hakim Nazir) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling