Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   310
№ 
Aniq nisbat 
Izoh 
Orttirma 
nisbat 
Izoh 

Surishtirmoq, 
solishtirmoq. 
Surishtirmoq 
fe‘li 
«soʻroqlamoq» degan 
ma‘noni 
bildiradi, 
surish fe‘li esa «biror 
narsani 
bir 
joydan 
ikkinchi joyga siljitish» 
ma‘nosini ifodalaydi. 
Demak, bu fe‘llar ikki 
xil ma‘noni bildirgani 
uchun alohida ikkita 
fe‘ldir va bir-biriga 
aloqasi yoʻq. Agarda 
surish 
fe‘liga 
-tir 
orttirma 
nisbat 
Keltirmoq
Kelmoq va keltirmoq 
fe‘llari bir xil ma‘noni 
bildirgani uchun bitta 
fe‘l deb qaraladi. Shu 
sababdan -tir alohida 
qoʻshimcha 
sifatida 
ajraladi va ushbu fe‘l 
orttirma nisbatda deb 
qaraladi. 


91 
qoʻshimchasi 
qoʻshilgan boʻlganda 
ikkala fe‘l bir xil 
ma‘no ifodalar edi. Shu 
sababdan surishtirmo
fe‘li 
tarkibida 
-tir 
qoʻshimcha 
sifatida 
ajralmaydi va bu fe‘l 
aniq 
nisbatda 
deb 
qaraladi. 

Oʻtirmoq, 
chaqirmoq 
Oʻtmoq 
fe‘li 
«bir 
joydan ikkinchi joyga 
bormoq», 
oʻtirmoq 
fe‘li esa «tik holatdan 
yotiq holatga oʻtmoq» 
ma‘nosini ifodalaydi. 
Demak, boshqa-boshqa 
ma‘no 
ifodalagani 
uchun 
ular 
alohida 
ikkita fe‘ldir va -ir 
nisbat 
qoʻshimchasi 
sifatida ajrala olmaydi. 
Oʻtirmoq fe‘li esa aniq 
nisbatda. 
shoshirmoq 
Shoshmoq 
va 
shoshirmoq fe‘llari bir 
xil ma‘noni bildirgani 
uchun bitta fe‘l deb 
qaraladi. Shu sababdan 
-ir alohida qoʻshimcha 
sifatida 
ajraladi 
va 
ushbu fe‘l orttirma 
nisbatda hisoblanadi. 
№ 
Aniq nisbat 
Izoh 
Birgalik 
nisbat 
Izoh 

Salomlashmoq, 
yordamlashmoq, 
birlashmoq, 
hazillashmoq 
Salomlamoq, 
yordamlamoq, 
birlamoq, hazillamoq 
degan fe‘llar mavjud 
emas va bu fe‘llardagi -
sh alohida qoʻshimcha 
sifatida ajrala olmaydi, 
shuning uchun ushbu 
fe‘llarda birgalik nisbat 
qoʻshimchasi yoʻq va 
ular aniq nisbatda. 
Ishlashmoq 
Ishlamoq degan fe‘l 
mavjud, shu sababli -
sh 
birgalik 
nisbat 
qoʻshimchasi sifatida 
ajraladi va ushbu fe‘l 
birgalik nisbatidadir. 
NISBAT QOʻSHIMCHALARINING FE‟LNING OʻTIMLI-OʻTIMSIZLIGIGA
TA‟SIRI 
Nisbat qoʻshimchalarining qoʻshilishi natijasida fe‘lning oʻtimli-oʻtimsizligi 
oʻzgarishi mumkin.


92 
Oʻtimli fe‘llarga oʻzlik va majhul nisbat qoʻshimchalari qoʻshilsa, oʻtimsiz 
fe‘lga aylanadi. Masalan: kiymoq (koʻylakni kiymoq) – oʻtimli, kiyinmoq – oʻzlik 
nisbat qoʻshimchasi qoʻshilishi natijasida oʻtimsiz fe‘lga aylandi; oʻqimoq (kitobni 
oʻqimoq) – oʻtimli, oʻqildi – majhul nisbat qoʻshimchasi qoʻshilishi natijasida 
oʻtimsiz fe‘lga aylandi. 
Shu sababli oʻzlik va majhul nisbatdagi deyarli barcha fe‘llar oʻtimsiz fe‘llar 
hisoblanadi. 
Oʻtimsiz fe‘llarga orttirma nisbat qoʻshimchasi qoʻshilganda ular oʻtimli fe‘lga 
aylanadi. Masalan: uxlamoq – oʻtimsiz, uxlatmoq (bolani uxlatmoq) – orttirma nisbat 
qoʻshimchasi qoʻshilishi natijasida oʻtimli fe‘lga aylandi. 
Shu sababli orttirma nisbatdagi barcha fe‘llar oʻtimli fe‘llar hisoblanadi. 
 
Birgalik nisbat shakli esa fe‘lning oʻtimli-oʻtimsizligiga ta‘sir oʻtkazmaydi. 
Masalan: oʻqidi (kitobni oʻqidi) – oʻtimli, oʻqishdi (kitobni oʻqishdi) – oʻtimli. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling