Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- № Oʻzlik nisbat Izoh Majhul nisbat Izoh 1
MAJHUL NISBAT
Bajaruvchisi noma‘lum bo‗lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe‘l shakli majhul nisbat deyiladi. Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe‘l asosiga -n, -l; undosh bilan tugagan fe‘l asosiga esa -in, -il qo‗shimchalarini qo‗shish bilan hosil qilinadi. O‗zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisi nuqtayi nazaridan farq qiladi. O‗zlik nisbatida harakat-holat bajaruvchining o‗zi ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi noma‘lum bo‗ladi. Solishtiring: tarandi – taraldi, kiyindi – kiyildi. 87 6-misol. Rustam kitobni oʻqidi. – Kitob oʻqildi; Sharifa xat yozdi. – Xat yozildi; Direktor mukofotlarni topshirdi. – Mukofotlar topshirildi. Misollardan koʻrinib turibdiki, aniq nisbatdagi fe‘llarda harakat bajaruvchisining kimligi aniq boʻladi. Rustam kitobni oʻqidi gapida oʻqish harakatini Rustam bajarganligi aniq ifodalangan. Majhul nisbatdagi fe‘llarda esa harakat-holat bajaruvchisi noaniq boʻladi: Kitob oʻqildi gapida kim kitobni oʻqiganligi aniq emas, ya‘ni bajaruvchi kimligini bilib boʻlmaydi. Yuqorida ham ta‘kidlanganidek, oʻzlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, ya‘ni oʻzaro shakldosh. Oʻzlik va majhul nisbatdagi fe‘llar quyidagicha farqlanadi: № Oʻzlik nisbat Izoh Majhul nisbat Izoh 1 Rustam yuvindi. Harakat bajaruvchisi aniq (Rustam) va harakatni oʻz ustida bajargan, oʻzi yuvingan. Kiyim yuvildi. Yuvish harakatini kim bajargani noaniq. 2 Rustam kiyindi. Harakat bajaruvchisi aniq (Rustam) va harakatni oʻz ustida bajargan, oʻzi kiyingan. Kiyim kiyildi. Kiyish harakatini kim bajargani noaniq. 3 Gul ochildi. Gulni birov ochib qoʻymaydi, oʻzi ochiladi. Sandiq ochildi. Sandiq oʻzi ochilmaydi, birov tomonidan ochiladi, ammo kim ochganligi noma‘lum. 4 Bolalar maydonga toʻplandi. Bolalarni birov toʻplamaydi, oʻzlari toʻplanadi. Eski kitoblar toʻplandi. Kitoblarning oʻzi toʻplana olmaydi. Birov tomonidan toʻplanadi, ammo kim toʻplaganligi noma‘lum. 5 Alisher tashqariga otildi. Alisherni kimdir tashqariga otmagan, oʻzi otilgan. Daryoga tosh otildi. Tosh oʻzi otilmaydi, kimdir tomonidan otiladi, kim tomonidan otilgani esa noma‘lum. 6 Deputatlar anjumanlar zaliga yigʻildi. Deputatlarni kimdir yigʻmagan, oʻzlari yigʻilgan. Sovgʻa olish uchun pul yigʻildi. Pul oʻzini-oʻzi yigʻolmaydi, kimdir tomonidan yigʻiladi, ammo kim yigʻganligi noma‘lum. Oʻzlik nisbatdagi fe‘l ishtirok etgan gap tarkibiga oʻzi olmoshini qoʻshish mumkin boʻladi: Rustam yuvindi – Rustam oʻzi yuvindi. Majhul nisbatdagi fe‘l 88 qatnashgan gap tarkibiga esa tomonidan soʻzini kiritish mumkin: Kiyimlar yuvildi. – Kiyimlar Rustam tomonidan yuvildi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling