89
6
-kaz
oʻtkaz
7
-qaz
oʻtqaz
8
-gʻiz
turgʻiz
9
-giz
yurgiz
10
-kiz
ketkiz
11
-qiz
oʻtqiz
12
-it
kirit
Orttirma nisbatning
-kaz va
-qaz shakllari bir fe‘lga qoʻshilib paronim soʻzlarni
vujudga keltiradi.
Oʻtkazmoq: suvdan oʻtkazmoq – oʻtqazmoq: koʻchat oʻtqazmoq.
Ba‘zan fe‘l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo‗shimchalar
qo‗shilishi mumkin. Masalan,
o„qit – o„qittir, to„ldir – to„ldirg„iz, yozdir – yozdirtir.
Bunday holatda orttirma nisbat ma‘nosi kuchayadi.
BIRGALIK NISBATI
Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan
harakat yoki holatni
ifodalaydigan fe‘l shakli
birgalik nisbati deyiladi.
Birgalik nisbat shakli unli bilan tugagan fe‘l asosiga
-sh, undosh bilan tugagan
fe‘l asosiga esa
-ish qo‗shimchasini qo‗shish orqali hosil qilinadi. Masalan:
ishlashdi,
kelishdi.
8-misol.
Oʻqidi – oʻqishdi, bordi – borishdi, yozdi – yozishdi, oʻynadi – oʻynashdi.
Boshqa barcha nisbatlarda fe‘ldan anglashilgan
harakat-holatni faqat bitta
shaxs bajarsa, birgalik nisbatda esa bajaruvchi kamida ikki va undan ortiq boʻladi.
Bir fe‘l asosiga bir necha nisbat qoʻshimchalari ketma-ket qoʻshilishi mumkin.
Bunda fe‘lning qaysi nisbatda ekanligi oxirgi qoʻshilgan nisbat qoʻshimchasiga qarab
aniqlanadi. Masalan:
kiyintirishdi fe‘lida oʻzlik
(-in), orttirma (-tir), birgalik (-ish)
nisbati qoʻshimchalari mavjud, oxirgi qoʻshilgan nisbat qoʻshimchasi
birgalik
nisbatniki boʻlganligi uchun bu fe‘l birgalik nisbatda deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: