Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   310
3-misol. 
 
Almashmoq (kitobni almashmoq), kiymoq (kiyimni kiymoq), bermoq (pulini 
bermoq), tepmoq (koptokni tepmoq), ekmoq (gulni ekmoq), aytmoq (voqeani 
aytmoq), kuylamoq (qoʻshiqni kuylamoq), ichmoq (choyni ichmoq) – oʻtimli fe‘llar; 
Jiringlamoq (telefonni jiringlamoq deb boʻlmaydi), quvonmoq (quvonchni 
quvonmoq deb boʻlmaydi), o‗xshamoq, jilmaymoq, yuzlanmoq, sayramoq, oʻsmoq, 
sezilmoq, burilmoq, yashamoq, eskirmoq – oʻtimsiz fe‘llar. 
Fe‘lda uchta narsa doimo e‘tiborga olinadi: 
1) Harakat-holat – fe‘lning oʻzi. 
2) Bajaruvchi – fe‘ldan ifodalangan harakat-holatni amalga oshiruvchi shaxs 
yoki narsa. 
3) Obyekt – harakat-holat ustida bajarilayotgan shaxs yoki narsa. 
Masalan, Shoira kiyimlarini yuvdi gapida yuvdi – harakat-holat; Shoira – 
bajaruvchi; kiyimlar – obyekt hisoblanadi. Ya‘ni Shoira yuvish harakatini 
kiyimlarning ustida amalga oshirgan, kiyimlarni yuvgan.


85 
Oʻtimli fe‘llarda harakat-holat nimaningdir ustida amalga oshiriladi, ya‘ni 
harakat-holat nimaningdir ustiga oʻtadi. Fe‘ldan ifodalangan harakat-holat ustiga 
oʻtgan narsa obyekt hisoblanadi va u koʻpincha tushum kelishigi shaklidagi soʻzlar 
bilan ifodalanadi. Masalan, Rustam daraxtlarni oqladi gapida bajaruvchi Rustam 
oqlamoq harakatini daraxtlarning ustida bajarmoqda, ya‘ni daraxtlarni oqlamoqda. 
Demak, oqlamoq harakati obyekt (daraxt)ning ustiga oʻtmoqda, shuning uchun bu 
fe‘l oʻtimli fe‘l sanaladi. 
Oʻtimsiz fe‘llarda esa harakat-holat hech narsaning ustiga oʻtmay, fe‘lning 
oʻzida qoladi, ya‘ni oʻtimsiz fe‘llarda obyekt boʻlmaydi. Masalan, Rustam yugurdi 
gapida yugurish harakati hech narsaning ustida bajarilmagan, shuning uchun gapda 
tushum kelishigidagi obyekt yoʻq va uni kiritib ham boʻlmaydi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling