Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   310
Soʻz 
Ma‟no 
Soʻz yasalishi 
Yasama soʻz 
Ma‟no 
Soat 
«vaqtni 
oʻlchaydigan 
asbob» 
Soat + soz 
Soatsoz 
«soat 
sozlaydigan 
usta (shaxs)» 
Sinf 
«oʻquv 
jarayoni olib 
boriladigan 
Sinf + dosh 
Sinfdosh 
«bir sinfda 
oʻqiydigan 
kishi (shaxs)» 


77 
xona» 
Supur(moq) 
«biror joyni 
tozalash 
harakati» 
Supur + gi 
Supurgi 
«supurish 
vazifasini 
bajaradigan 
buyum» 
Gul 
«oʻsimlik» 
Gul + don 
Guldon 
«gul 
solinadigan 
idish» 
Umuman, soʻz yasalganda uchta holat kuzatiladi: 
1. Soʻzning ma‘nosi oʻzgarib, yangi ma‘no paydo boʻladi: gul (oʻsimlik, narsa) 
– gulzor (oʻrin-joy); 
2. Soʻzning soʻrogʻi oʻzgaradi: qishloq (qayer?) – qishloqdosh (kim?); 
3. Soʻzning turkumi oʻzgaradi: oʻyin (ot) – qiyin + a = oʻyna (fe‘l). 
Har qanday yasama soʻzda yuqoridagi uchta holat ham birgalikda 
kuzatilmaydi, bu shart ham emas. Masalan, gul soʻzidan gulzor soʻzi yasalganda 
soʻzning ma‘nosi va soʻrogʻi oʻzgargan, turkumi oʻzgarmagan. Oʻyin soʻzidan oʻyna 
soʻzi yasalganda esa soʻzning ma‘nosi ham, soʻrogʻi va turkumi ham oʻzgargan. 
Umuman olganda, soʻzda yuqoridagi uchta holatdan birortasi kuzatilsa, bu soʻz 
yasama sanaladi. 
Soʻzga qanday yasovchi vositaning qoʻshilib soʻz yasashiga koʻra soʻz 
yasalishining bir necha xil usullari mavjud: 
1) Affiksatsiya (morfologik usul) – asosga soʻz yasovchi qoʻshimchalarni 
qoʻshish orqali soʻz yasalishi. 
2) Kompozitsiya (sintaktik usul) – asosga boshqa soʻzni qoʻshish orqali soʻz 
yasalishi.
Temir soʻziga qoʻshilgan -chi qoʻshimchasi undan temirchi degan yangi soʻz 
yasaydi, bu tariqa, ya‘ni soʻzga soʻz yasovchi qoʻshimchalarning qoʻshilishi orqali 
yangi soʻzlarning hosil qilinishi affiksatsiya usuli bilan soʻz yasalishi sanaladi. Soʻz 
yasovchi qoʻshimchalar orqali (affiksatsiya usuli vositasida) yasalgan yasama soʻzlar 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling