Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Soʻz
Ma‟nosi Soʻz yasalishi Yasama soʻz Ma‟nosi Soat «vaqtni oʻlchaydigan asbob» Soat + soz Soatsoz «soat sozlaydigan usta (shaxs)» Sinf «oʻquv jarayoni olib boriladigan xona» Sinf + dosh Sinfdosh «bir sinfda oʻqiydigan kishi (shaxs)» Supur(moq) «biror joyni tozalash harakati» Supur + gi Supurgi «supurish vazifasini bajaradigan buyum» Gul «oʻsimlik» Gul + don Guldon «gul solinadigan idish» Asosga qoʻshilib, uning ma‘nosiga qoʻshimcha ma‘no yuklash yoki oʻzi qoʻshilayotgan soʻzni boshqa soʻzga bogʻlash vazifasini bajaruvchi qoʻshimchalarga shakl yasovchi qoʻshimchalar deyiladi. Shakl yasovchi qoʻshimchalar biror soʻzga qoʻshilib uning turli xil shakllarini (koʻrinishlarini) hosil qiluvchi qoʻshimchalardir. Shakl yasovchi qoʻshimchalar soʻz yasovchi qoʻshimchalardan farqli ravishda yangi ma‘no (tushuncha) hosil qilmaydi, 68 balki mavjud ma‘noning ustiga ozgina qoʻshimcha ma‘no yuklaydi yoki oʻzi qoʻshilgan soʻzni boshqa bir soʻzga bogʻlaydi. 4-misol. qalam / qalamlar / qalamcha / qalamning / qalamni / qalamda / qalamga / qalamdan / qalamniki. Yuqoridagi soʻzlarda ajratib koʻrsatilgan qoʻshimchalar shakl yasovchi qoʻshimchalar boʻlib, ular bitta qalam soʻzining turli shakllarini vujudga keltirgan. Shakl yasovchi qoʻshimchalar grammatik qoʻshimchalar deb ham ataladi, chunki ularning barchasi grammatik ma‘no ifodalaydi. Shakl yasovchi qoʻshimchalar vazifasiga koʻra ikki turli boʻladi: a) lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar; b) sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar. Asosga qoʻshilib, uning ma‘nosiga qoʻshimcha ma‘no yuklovchi qoʻshimchalar lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar deyiladi. Ularga koʻplik, kichraytirish- erkalash, qarashlilik, oʻrin-joyga xoslik; sonning ma‘noviy guruhlarini, sifat va ravish darajalarini; fe‘lning boʻlishsizlik, nisbat, vazifa shakllarini hosil qiluvchi qoʻshimchalar kiradi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling